Sevgi tarixi dostoni uzun,
Ne qilay doston ado bo'lmasa,
Sevgi-sevgi emas bir dil sevsayu,
O'zga bir yurakdan sado bo'lmasa.

Добавлено (2008-06-08, 8:32 Pm)
---------------------------------------------
Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga yordam beribgina qolmay, balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir. Hayotning bu ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni, quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu bilan birga ayriliqning achchiq damlariyu hijronning o`tli azoblarini totib ko`rishga muyassar etadi.
MUHABBAT shunday ilohiy baxtki, u faqatgina Allohning suygan bandalariga inom etiladi. Sevgi goh shirin, goh achchiq, Goh orzu umidlardan, baxtdan, yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi. Goh sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan boshingni qayga urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi shunday tuyg`uki hatto azoblari ham lazzatli shirin tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!! Ko`pincha qo`lga qalam tutishga majbur qiladigan narsa MUHABBAT emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb uylayman. Chunki oshiqlar birga ekan, ularning barcha quvonchu hasratlari ham o`rtada baham ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib, ishq bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa, yagona atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto chaman-chaman gullar ochilgan gulzorda ham yolg`iz qolar, endi uning yagona guli o`rnini hech bir boshqasi egallay olmaydi.

Добавлено (2008-06-08, 8:41 Pm)
---------------------------------------------
Umidingni uzma dunyodan
Yuragingni cho`lg`asa alam,
Jabr cheksang tuhmat, ro`yodan.
Hayot o`zi shundayin bir kam:
Umidingni uzma dunyodan.
Do`sting ketsa dushmaning tomon,
Yuragingni cho`lg`asa gumon,
Kimlarnidir sog`insang yomon,
Umidingni uzma dunyodan.
Yaqinlaring bo`lmasa tirgak,
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma duyodan.
Yo`llarida bo`lsang intizor,
Muhabbating aylasalar xor,
Chertilmasa dilingdagi tor,
Umidingni uzma dunyodan.
Olib qochsa xayoling yillar,
Anglamasa dardingni dillar,
Ishon baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan.
