Chorshanba, 1:38 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1212
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
MichealnIb(41), OlgaHek(38), Joshuamick(37), Axerbind(45), FytCync(33), Vladimircaurn(43)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » Iyul » 10 » Men seni sog'indim...!!!!!!!!
Men seni sog'indim...!!!!!!!!
Sog'inchim tinmayin qilar nadomat,
Begona bo'libdi dunyoga kulfat,
Zamonlar qo'shilib ko'tarsa xam qad
Men seni sog'indim asri saodat

Seni tanigandim kitob varaqlab
Go'zal muxitingni qalbimga saqlab
Endi xar laxzada ko'zimni yoshlab
Men seni sog'indim asri saodat

Sening yo'llaringda asxoblar yurdi
Saodat uchun jon fidolar qildi
O'sha ko'chalarga borolmay endi
Men seni sog'indim asri saodat

Qiziqib o'qidim dunyo tarihin
Go'zal zamonlarga aytdim olqishim
Lekin topolmayin senga o'xshashin
Men seni sog'indim asri saodat

Sening bir kuningga arzimas xecham
Bugungacha o'tgan millionlab kun xam
Unutganda garchi seni bu olam
Men seni sog'indim asri saodat

Kichik bolaga xam o'tmagach so'zim
Qaro qumday bo'lar qontalash yuzim
Behayo dunyodan o'girib ko'zim
Men seni sog'indim asri saodat

Sening odamlaring xaqni bilardi
Payg'ambar izini ko'zga surardi
Qaytib kelmasa xam u zamon endi
Men seni sog'indim asri saodat

Roxatlanar senga ketsa xayollar
Endi qaytib kelmas mayin shamollar
Raxbarlikni da'vo qilgach ayollar
Men seni sog'indim asri saodat

Qiyomatni eslab ko'zyosh to'karding
Tunlar oxiratga tayyorlanrding
Qo'rqmasdan xammani xaqqa chorlarding
Men seni sog'indim asri saodat

Xozirchi - tanaga begona titroq
Azon aytilsa xam tinch qo'ymas mudroq
O'xshamaydi xatto momaqaldiroq
Men seni sog'indim asri saodat

Nomaxram kimsalar quvonganida
Namozshom maxali ko'cha kezganda
Ular bir-birini sog'inganida
Men seni sog'indim asri saodat

Sendan uyalardi zaminu samo
Bugunchi - xatto chang qolmadi aslo
Kitobga qaralib qilingach duo
Men seni sog'indim asri saodat

Sog'inchim bosolmas xar qancha malxam
Zamonlar a'losi bo'lgan zamonam
Bashariyat seni unutganda xam
Men seni sog'indim asri saodat

Ayni laxzalarda burchimni eslab
Qo'llarimni ochib osmonga qarab
Alloxdan xaqqingga raxmatlar so'rab
Men seni sog'indim asri saodat

Seni bir qissa deb atasalar xam
Buyuk insonlaring bilmasalar xam
Xanuz eseserni maqtasalar xam
Men seni sog'indim asri saodat!

Ko`rsatilgan yordam uchun Muhammadga tashakkurimizni bildiramiz...

Agar siz ham sherlaringizni saytimizda joylashtirmoqchi bo'lsangiz buning uchun she'rlaringizni jet@ziyo.uz elektron manziliga yuborishingiz talab etiladi.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2331 | | Joylashtirdi: Sunbula_ | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz