Juma, 0:26 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 646
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Phillipcic(32), Kor76JemoDH(42)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » Iyul » 10 » Hali ko'rasizlar!
Hali ko'rasizlar!
xali ko'rasizlar, yaqin orada
qiyomat shamoli tezlab qoladi
xazrati isrofil sur chalganida
xar kim faryod chekib dodlab qoladi

g'iybat, fitnalardan olganda roxat
jonfido do'stlarga qilolmay toqat
tiriklikda bir bor qilmay ziyorat
maxsharda yoqasin ushlab qoladi

kuy-qo'shiq musiqa joniga oro
tuzukroq tushlar xam ko'rmaydi aslo
saxnada birinchi bo'lsa xam ammo
bir kuni navbatin poylab qoladi

do'stlarim so'zimdan ranjimang hecham
zora da'vat ila yaqinroq bo'lsam
qaniydi siz bilan bir umr qolsam
lekin yo'llarimiz ajrab qoladi

shuning uchun birga xizmat qilaylik
qolganlarni tezroq xaqqa chorlaylik
bugun qalb orqali chopib boraylik
ertaga yurolmay to'xtab qoladi

oldingizda turgan vaqtga ishonmang
sog' tanangiz bergan axdga ishonmang
davlatga ishonmang, taxtga ishonmang
baribir barchasi muzlab qoladi

bir kuni tugaydi bu go'zal jaxon
xar kimsa bir joyga borar begumon
keyin boshlanganda so'nggi imtixon
xamma tanishini izlab qoladi

ba'zi munofiqlar xech uyalmasdan
o'sha joylarda xam bo'yin egmasdan
payg'ambar ismini to'liq bilmasdan
tag'in shafoatin istab qoladi

ularga qur'on xam ta'sir qilmagay
iymon roxatini bir zum bilmagay
alloxning yuzini xecham ko'rolmay
diydorga yetolmay yig'lab qoladi

aziz birodarlar ogox bo'laylik
yaqinda qiyomat tezlab qoladi
mo'min degan nomga loyiq bo'laylik
mo'minlarni jannat chorlab qoladi!

Ko`rsatilgan yordam uchun Muhammadga tashakkurimizni bildiramiz...

Agar siz ham sherlaringizni saytimizda joylashtirmoqchi bo'lsangiz buning uchun she'rlaringizni jet@ziyo.uz elektron manziliga yuborishingiz talab etiladi.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2053 | | Joylashtirdi: Sunbula_ | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz