Juma, 2:41 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1219
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Kassmurn(42), Ameryxaroalf(39)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2008 » Mart » 22 » Tush ko'ribman
Tush ko'ribman
Men tush ko'ribman
Tong otayotganmish,
Nafis, mayin tiniqlik
Borliqni ohista
Uyg'otayotganmish.

Bitishik turarmish yer bilan osmon
Jildirab oqarmish ipakdek nurlar,
Men esa raqs tusharmishman,
Atrofimda go'zal hurlar.

Ko'kda dengiz shovullar emish,
Zamin uzra yulduzlar to zg ib
Tovlanarmish zumrad singari,
Mayin titrar emish yuragim
Har tekkanda mo'jaz saharning
Serin lablari.
Lekin nedandir, ne sababdandir
Ko'nglim emish yarim,
Rangim zafaron
Nenidir izlar emish
Ko'zlarim.
Sohta tuyularmish butun manzara
Va kimdir yashirin
Meni qilar emish
Masxara.
Hiringlarmish qandaydir bir sir
Ko'zlarimning ichiga boqib.
Men sekin payqabman
Bu ko'rganlarim-
Muzlatib qo'yilgan
Qalbaki tasvir 
Men sekin farqlabman
Bu tongning
Chiqajak
Quyoshi
Yo qligin 
Tush ko'ribman 
Men tushlarimda
Quyoshni
Ahtarib
Yuribman
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1698 | | Joylashtirdi: JET | Reyting: 4.0
JET Servis Хостинг от uCoz