Dushanba, 9:19 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 778
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
MARJONA(34), gulilolam(32), StepanApona(38)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2008 » Oktyabr » 29 » Rasululloh
Rasululloh
BU DUNYODA IYMON BILAN NURGA CHO'MGAN BIR UMMAT BOR,
UL UMMATNING YO'LI KENGDIR BARCHASIDA MING XIKMAT BOR,
HAYOTIDA XOTIRJAMLIK VAFOTIDA MING XIKMAT BOR,
ROZI BO'LIB TAQDIRIGA TUTAR IKKI ENLIK XATI BOR,
RASULULLOH VAFOT ETDI YANA QANDAY MUSIBAT BOR.

KIMDIR O'LAR KIMDIR NAFAS OLMOQ EKAN ANGLAB YETDIK,
O'ZNI MANGU DAVO QILA GO'RISTONNI MANZIL ETDIK,
MANA OLING DUNYO SIZGA BIZ HABIBLA BIRGA KETDIK,
ENDI BIZGA NA GO'ZALLIK NA SOKIN HALOVAT BOR,
RASULULLOH VAFOT ETDI YANA QANDAY MUSIBAT BOR.

HOLATINGIZ KO'RDIK MAXZUN ASLIYATGA TEZROQ QAYTING,
AJAL O'QI ANIQ ERUR UNGA BOQMAY KULIB HAY DENG,
DUNYO OSTUN USTUN BO'LIB KETMAYDIMI ENDI AYTING,
YELKANGIZDA QOLIB KETGAN O'LIM DEGAN OMONAT BOR,
RASULULLOH VAFOT ETDI YANA QANDAY MUSIBAT BOR..

ONANGIZ HAM OTANGIZ HAM BIR KUN SIZNI TASHLAB KETMISH,
YURAKLARNI TILKA PORA AYLABON ZOR G'ASHLAB KETMISH,
KO'ZLARINGIZ BALKI SHUNDA O'NGIGACHA YOSHLAB KETMISH,
AJAL KELSA SIZ QOCHGUVCHI QANDAYIN BIR IMORAT BOR,
RASULULLOH VAFOT ETDI YANA QANDAY MUSIBAT BOR.

CHAKKI TOMGAN ENDI YAMAB BO'LMAS BU UY TOMIN,
OYNASI PARCHALANMISH TUZATMOQ NA SINGAN ROMIN,
QIYOMATGA QARAB YO'LIN TUTIB OLGAN SOQOV ZAMIN,
TO'SIB QOLAR ENDI QAY KUCH QANDAYIN BIR TUMONAT BOR,
RASULULLOH VAFOT ETDI YANA QANDAY MUSIBAT BOR..

BARCHAMIZNING QALBIMIZDA DUNYOGA BIR MUHABBAT BOR,
MUHABBATDAN HOSIL BO'LGAN RAZILLIK BOR QABOHAT BOR,
OHIRLANMISH SO'ZIM MENING HITOBIMDA NADOMAT BOR,
AYO UMMAT BU DUNYOGA NECHUN QATTIQ SADOQAT BOR,
RASULULLOH VAFOT ETDI YANA QANDAY MUSIBAT BOR.
 
Ko'rsatilgan yordam uchun Fozil Maxmudovga minnatdorchilik bildiramiz.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2187 | | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz