Yakshanba, 4:39 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1212
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Romantnix(40), Albertsurf(44), StanleyLext(39), faizamtohirovna(28)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Yanvar » 2 » Denglar
Denglar
So'roqlasa meni Do'stlar,
O'lgani yo'q hamon, denglar.
Yonib turgan o't ichidan,
Chiqajakdir omon, denglar.
Qo'lida aslo-langari,
Misli nayzaboz janggari
Otlandi katta jang sari,
Qaddi o'qlig'kamon denglar.
Dushman kuchli, bo'lmas taslim,
U-ashaddiy zolim nafsim,
Hamla qilsa, kelur bas kim?
Yovning shaxti yomon, denglar
Hujum etsa, jadallab nafas,
Vujud mulkin egallab nafas,
Minsa meni egarlab nafas,
Bo'libdi har, hayvon, denglar.
Keldi elchi, dedi filhon:
"Jang-jadal bas, endi bil hol,
Nafas Bilan yarash, telba chol!"
Ul elchini shayton denglar,
Yarash emish! Bunda ne sir?
G'arazidir qilmoq asir,
Men qul bo'lsam, nafasim amir,
Qo'pti oxir zamon, denglar!
Nafas bir taraf men bir taraf,
Madad bergil, yo Rab!
Olishuvda yengsam sharaf,
Ofarin qahramon denglar.
Bergayman shum nafas jazosin,
Topib savob-ruh g'izosin,
Qozonsam Alloh rizosin,
Shunda meni Inson, denglar.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2077 | Yubordi: Mansurjon | Joylashtirdi: JET | Reyting: 5.0
JET Servis Хостинг от uCoz