Yakshanba, 5:24 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 778
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Romantnix(40), Albertsurf(44), StanleyLext(39), faizamtohirovna(28)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Aprel » 26 » Ertaga... Qaytarman.
Ertaga... Qaytarman.
Ertaga... qaytarman
Bilaman!
Ishqimda zoriqib kelasiz.
Kutaman...
Intiqib paytlardan
Hijronda toliqib kelasiz.

Kutaman...
O'tmoqda bu yillar,
Bugunlar qatiga yashirinib,
Umidda notovon ko'ngillar
Bugundan ketolmas og'rinib.

Yig'lashni boshlaydi ko'zlarim,
Yo'q! deyman, -yig'lashga hojat yo'q,
Kiprigim oladi simirib,
Bugundan... ertaga navbat yo'q.

Ertaga... Qaytarman
U paytlar...
Sochimda o'ynaydi zangor nur,
Kutaman...
Ertaga... u qaytar,
Bugun-chi?
Sochimda oppoq dur.

To'kilib ketmoqda kaftimdan
Ertaga eltguvchi duolar.
Dol kabi munkaygan kaftimda ,
Bugunlar qoldirgan hatolar.

Ertaga... Qaytarman
Bilaman!
Vaslimga ichikib kelasiz
Kutaman...
Ertaga ehtimol...
Ertaga kechikib kelasiz!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1817 | | Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz