Shanba, 9:06 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 874
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Warnersl(41), Olegvep(35), FedorItern(34), ccbecFretir(37), Jameshig(35)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Iyun » 7 » Siz bilmaysiz onajon
Siz bilmaysiz onajon
Sochim qarosida tun yashiringan,
Ko‘nglim burjlarida kun yashiringan.
Yurak mehrobida kim yashiringan,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Ket, desam ketmaydi, kel, desam kelmas,
Menda ekanligin o‘zi ham bilmas.
Yurakni ipakdek titishni qo‘ymas,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Xayollarimni bir zum tinch qo’ymas,
Sog’intirib, hech ozodlik bermas,
Ko’ngilginam hech qaytarib bermas,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

U bir o‘g‘ri kabi, yo‘qdir ori ham,
Nola qilur ko‘ngil, yetmas zori ham.
Endi kor qilmaydi o‘tkir dori ham,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Men mag‘lub, u esa g‘olib ketadi,
Bir kuni meni ham olib ketadi.
Uyingiz huvillab qolib ketadi,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Yurak mehrobida kim yashiringan,
Siz bilmaysiz, ona, bilmaysiz, onajon!

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2368 | Yubordi: Zakat | Joylashtirdi: JET | Reyting: 4.0
JET Servis Хостинг от uCoz