Shanba, 10:18 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1212
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Warnersl(41), Olegvep(35), FedorItern(34), ccbecFretir(37), Jameshig(35)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Iyun » 29 » Bevafo
Bevafo
Siz bilmaysiz dardlarim og‘ir,
Ko‘zlarimda yashaydi yomg‘ir.
Siz men uchun bo‘lmaysiz Tohir,
Ketavering, hissiz bevafo.

Dilda cheksiz muhabbat yashar,
Bu rashk ko‘zga ko‘zmunchoq taqar.
Kelasiz-a, kelmasangiz gar
Ketavering, ishqsiz bevafo.

Armon yoxud hijron, ishq bo‘lib,
Ko‘zingizga to‘kildim men, yor.
Sahifasi sizsiz tugamas
Kitob bo‘lib o‘qildim men, yor.

Suluv qizlar ko‘nglingiz olar,
Bir muhabbat javobsiz qolar,
O‘zdan aziz bilib sevgisin
Aytolmayin bir qiz uyalar.

O‘sha qizni sevib qolasiz,
Izlariga bo‘lasiz ko‘p zor.
O‘sha qizni kunduz qidirib,
Tunda tushda ko‘rasiz takror.

“Kechir” deysiz, men xato qildim,
Endi sensiz yashash, o, o‘lim!
Ketdim sizdan bo‘lsa-da dushvor,
Ketavering, siz ham, sevgilim.

Sevgilim, deb atasam sizni,
Xato bo‘lar, eng katta xato.
Bir paytlari aziz muhabbat,
Chunki menga aytdi alvido.

Endi keting, sevmay qo‘ydi dil,
Sizsiz ham baxt quchyapti ko‘ngil.
Ketdik demang, boshqadir manzil,
Ketavering, mensiz, bevafo,
Ketavering, yolg‘iz, bevafo.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2849 | Yubordi: Zakat | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz