Shanba, 0:33 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 549
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Iyul » 3 » Hammamizga insof tilayman
Hammamizga insof tilayman
Yurak sanchib tez urarga o'tdi birdan
Halovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Alangladim yon-atrofga havotirdan,
Ibodatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Ming haqqini yutib qo'ydi musulmonlar,
Qorinlari ko'proq to'ydi musulmonlar,
Riyokorlik to'nin kiydi musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Tirik murda to'ldi, ammo tobut yo'qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut yo'qdir,
Avom tugul peshvolarni subut yo'qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g'irt zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech sahardir,
Kim ko'p yolg'on desa, o'sha savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi do'stlar.
Bir birlarin g'ajib yetmish hatoyi deb,
Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb,
Tajvidlarin to'g'irlarlar xudoyi deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Hammasiga ko'niking siz, qonlar yutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang,
Namozxonin qizlaridan hayo kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo'lindilar,
Dum patlari ko'k tovuqdek yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa,
Tog'lar qular bu kibrga qarshi tursa,
Fir'avnni hayron aylar qasr qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Hech biri "ne bo'lar" demas qiyomatda,
Hiyonatlar ho'p ko'paymish omonatda,
Pora halol hisoblangan bu ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb tig'lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun yig'lar,
Balog'atdan asar ham qolmadi do'stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo'ydan kichik tevalari,
Don eksalar dondan kichik mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Birontasi kechar bilmas molu jondan,
Alloh uchun boshqarmas xonadondan,
Munofiqni ajratolmam musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon bozor,
Bir tomonda masjid bo'lar qadim mozor,
Pirga qo'lin berarlaru, Xudo bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Mo'min bo'lib maqsadlari kayf bo'ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo'ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo'ldi,
Muhammaddan asar ham qolmadi do'stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo'rqoqlik bor, jasorat yoq.
Muhammadiy ummatiga ko'p qilmang do'q.
Shijoatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Gapirdik ko'p amallardan ketdi hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot.
Qiyomatda yig'lab turar bo'lsak hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Do'stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik,
Mo'minlikning qiymatini narxlolmadik,
Xarom birla halol ko'rsak, farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Ming yaxshidan afzal o'tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o'ng tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo'lgan zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Qayga boqmang g'anim o'tliq, yov g'olibdir,
Mo'min degan to'rt tarafga ho'p nolibdir,
Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Ey g'or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla.
O'tmish o'tdi, sen moziyni shiftga mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig'la,
Matonatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Savdo demish qutlug' yo'lda berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko'z, topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi do'stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo'ldi inson zoti
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2673 | Yubordi: Ayubxon | Joylashtirdi: JET | Reyting: 5.0
JET Servis Хостинг от uCoz