Chorshanba, 11:06 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 645
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Zictormn(31), MichailKl(39), Angelatit(40), GtuTivy(44), Eryvon(43), PrestonMok(43), JosephReda(43)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Yanvar » 28
Maktabda o’qir edim,
Bir qizni sevar edim.
Jilmayib bir boqqanda,
Olov bo’lib yonar edim.

O’tdi maktab, o’tdi vaqt,
Qoldi yurakda bir dard.
O’sha qizni ko’rsaydim,
Birga suhbat qursaydim.

Suhbat qurish menga armondir,
Yurak bag’rim endi vayrondir.
O’sha qizni ko’rmasam,
Qayg’u meni yutgaydir.

Armon endi o’sha qiz,
Endi qalbim cho’kdi tiz.
O’sha qiz tegib ketdi,
Bag’rimni tilib ketdi.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1088 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Jon qizlar, jonon qizlar,
Har yigitning baxti sizlar.
Sizga yor bo’laylik bizlar,
Jondan aziz, xon qizlar.

Yiqit qiz deb qon kechar,
Necha olovdan o’tar.
O’zini ham unitar,
Yoriga baribir yetar.

Yigit qiz deb sher bo’lar,
Gohida yerga ham botar.
Baribir visolga yetar,
Jon qizlar, jonim qizlar.

Yoringiz ardoqlangiz,
Ey sher yurak yigitlar.
Sizning baxtingiz shular,
Jondan aziz yor qizlar.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1212 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Meni mendan ham ko’proq,
Ardoqlagan kim edi.
Mehri quyoshdek issiq,
Mehribon momom edi.

Quyoshga teng edi mehringiz,
Boldan shirin edi so’zingiz.
To’ri yo’lga solar edi o’gitingiz,
G’amxo’rim momojonim o’zingiz.

Bolam deb suyardirdingiz,
Qant, navvot berardingiz.
Doim ko’nglimga qarardingiz,
Qadrli momojonim o’zingiz.

Qalbda qolgan ohimsiz,
Izlab topmas oyimsiz.
Eng aziz munisimsiz,
Siz mening momojonimsiz.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1068 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Yiqilsam qo’limdan tutgan,
Yig’lasam meni yupatgan.
Meni jonidan ortiq suygan,
Qalbdagi tog’im akam.

Doim tirgagim bo’lgan,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan.
Qo’limdan doim tutgan,
Jigarbandim akajon.

Meni doim o’ylagan,
Doim ko’nglimni ovutgan.
Do’st-u dushmanni tanitgan,
Mehribonim akajon.

Sog’liq tilayman sizga,
Sizday aziz insonga.
Omon bo’ling akajon,
Akajonim akajon.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1408 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Sevar edim bir qizni,
Lablari go’zal qirmizni.
Qoshlari edi qaldirg’och,
Jabri qildi qovurmoch.

Kuydim yorning dastidan,
Bergan har bir qasdidan.
Yurak kuydi bu alamdan,
Kuydurgi bu sanamdan.

Kuydim shu yor jabridan,
Rashk o’tdi-ku jonimdan.
Nega buncha qiynaydi?!
Nahot sevishimni bilmaydi.

Bo’ldi uni sevmayman,
Bunday qizni demayman.
Topay ajoyib bir qiz,
Bo’lsin vafoli bu qiz.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1109 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Boshdagi tojim onam,
Qalbdagi mohim onam.
Dildagi ohim onam,
Ishongan sirdoshim onam.

Yurakdagi qonim onam,
Ko’zdagi nurim onam.
Ishongan tog’im onam,
G’amxo’rim mehribon onam.

Otamning yori onam,
Uyimning chirog’i onam.
Bog’imning guli onam,
Dildoshim aziz onam.

Ko’kdagi oydir onam,
Farzandim suygan onam.
Hammadan aziz onam,
Doim sog’ bo’lsin onam.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1055 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Yoningdagi yoringman,
Uyingdagi shohingman.
Bog’ingdagi suvingman,
Mening go’zal malikam.

Seni doim qo’msayman,
Har doim sog’inaman.
Ko’rmasam turolmayman,
Mening aziz malikam.

Men sen-la baxtliman,
Seni baxtli etarman.
Birga shodon yasharman,
Mening asal malikam.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1231 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bog’dagi atirgul o’zing,
Tog’dagi lola o’zing.
Qirdagi shalola o’zing,
Mening sevgilim o’zing.

Izlagan bahorim o’zing,
Tongdagi shudring o’zing.
Polizdagi handalak o’zing,
Mening sevgilim o’zing.

Yoningda qul bo’lay o’zim,
Istasang tiz cho’kay o’zim.
Faqat seni sevaman o’zim,
Seni sevgan men-o’zim.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1064 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Akam kelar deb kutgan,
Qo’limga suvlar quygan.
Toza sochiqni tutgan,
Baxtli bo’lgin xon singlim.

Mehribonim deb aytgan,
Mening ko’nglimni olgan.
Mening g’amxo’rim singlim,
Omon bo’lgin jon singlim.

Akam bor deb kerilgan,
Tog’im bor deb kerilgan.
Mehribon aziz singlim,
Taxtli bo’lgin xon singlim.

Yuzingda ko’rmay hech g’am,
Bo’lmagin hech kimdan kam.
Ochilib yurgin doim!
Jigarbandim gul singlim.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1138 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bu dunyoda eng aziz,
Bu onadir, bu ona.
Farzandiga jon tikkan,
Bu onadir, bu ona.

Tunlari alla aytgan,
Bu onadir, bu ona.
Dunyoni ham tebratgan,
Bu onadir, bu ona.

Ro’zg’orni obod etgan,
Farzandini ovutgan.
Yorini rozi etgan,
Bu onadir, bu ona.

Mehri olamni tutgan,
Barcha alamni yutgan.
Barchasini unutgan,
Bu onadir, bu ona.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1032 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Sevib qoldim bir qizni,
Lablari bol, gul yuzni.
So’zlaridan bol tomgan,
Qaldirg’och qosh, humor ko’zni.

Netay uni o’ylayman,
O’ylab bag’rim tig’layman.
Qani o’sha go’zal qiz,
Yorim bo’lishini tilayman.

Armon bo’lma shodon qiz,
Kelgin oila quraylik.
Baxt qasrini quraylik,
Hasan-Husan ko’raylik.

Seni  qayg’uga solmasdan,
Hayot lazzatin berarman.
Seni baxtli etarman,
Rozi bo’lgin erka qiz.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1087 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

O’tma, tovlanib  yana o’tma,
Aytma, sevmayman deb aytma.
Endi yonginamga sen qaytma,
So’rama, sevishimni so’rama.

Sevasan, sevishingdan tonasan,
Bilasan, sevishimni bilasan.
Bilib nega nozlar qilasan?
Tovusdek tovlanib o’tasan.

Boqma, o’zga yorga boqma,
Ketma,qalbimdan ketma.
Yonma, keyin o’tda yonma,
Sensan, Sevganim sensan.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1025 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Qizlarni ko’rgach yurak yonadi,
Bu suluvlar yigitlardan tonadi.
Qizlar ichra eng suluvi,
Mening yorim bo’ladi.

Nozlari jondan o’tadi,
Bu kunlar ham o’tadi.
Qochib qayga ketadi,
Baribir yorim bo’ladi.

Qizlar ichra jilmaygan,
Tabassun ila boqqan.
Kulib dilimni olgan,
Shu qiz yorim bo’ladi.

Oq libosda tovusdek,
Qadam bosib keladi.
Oq libosli kelinchak,
Mening yorim bo’ladi.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1004 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ko’rdim mehrni onamda,
Ko’rdim vafoni yorimda.
Ko’rdim sadoqatni do’stimda,
Vijdonni men kimda ko’rdim?

Singan oynani ko’rdim dilda,
Keskir pichoqni ko’rdim tilda.
Soxta baxtni ko’rdim pulda,
Iymonni men kimda ko’rdim? 
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1003 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Mening yorim vafoli,
Mening qalbim jafoli.
Yuragim endi g’alvali,
Sevgan yorim yulduzim.

Kuydim yorning dardida,
Yurdim ko’ngil bog’ida.
Baxtim mening bahorim,
Sevgan yorim niholim.

Go’zal fasl bahordir,
Sevganim chin asldir.
Gul mevasi asaldir,
Men sevganim o’zingdir.

Aytay gapning rostini,
Tanlaganim yorimni.
Qizlar aro suluvim,
Go’zal gulim atirgul.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1067 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Osmondagi yulduzni, hech ham orzu qilmayman,
Moviy osmon ostida, endi qayg’uga botmayman.
Mening baxtim go’zal oyni, endi xafa qilmayman,
Mening yorim go’zal oy, seni juda sog’indim.

Bugun sen ham men uchun to’lin oyim bo’larsan,
Men yoring-quyosh ham, yonginangga borarman.
Qo’rqma mening sevgilim, yuzda dog’ing artarman,
Yig’lamagin vafodor go’zalim, seni baxtli qilarman.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 989 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ey go’zal qiz go’zal qiz,
Go’zalman deb kerilma,
Bilib qo’y sen vafosiz,
Yovuz qo’rqinchli yalmog’iz,
Bir paytlar sendek tovlangan,
Oppoq oydek go’zal qiz bo’lgan.
Ketar bu husnu chiroying,
Qilma afsus unda kech bo’lar.
Kategoriya: Kulgili va qiziqarli | O'qishlar soni: 2069 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bu dunyoda ey farzand .
Mehribon onajoning unutma,
Qalqon otajoning unutma,
Zuryoddirsan burchingni unutma.

Murod Do’st sen dunyoda o’zligingni unutma,
Sodiq do’sting iymoningni unutma.
Vafoli yoring vijdoningni unutma,
Eng avvalo dunyoda ollohingni unutma.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 991 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

O’qishga borar ertalab
Leksiya tinglash bu talab.
Olar fanlar sirini,
Ochar ilmlar sirini,
Ball yig’adi jon talab,
Talabaga shudir talab,
Imtihondan qo’rqar talaba,
Sessiyadan o’tish g’alaba.
O’tgach imtihon butkul,
Talabaga bayram shudir.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1058 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ilmlar xazinasi oliygoh,
Olimlar maskani oliygoh.
Baxt kaliti ilmgoh,
Ulug’ yurtdir oliygoh.

Ilm oldik ulug’ dargohda,
Kelajakka poydevor.
Avlodlarga zardevor,
Bering endi har joyda.

Ezgulikka tayanchdir ilm,
Avlodlarga toledir ilm.
Shu sababli yuksakdir ilm,
Ta’lim yurti oliygoh.

Ajdodlardan qolgan merosni,
Qo’yilgan har bir talabni,
Bajarar ilmi chanqoq talaba ,
Oliygohga shudir g’alaba.

Oliygoh sening kelajagingni,
Qilga ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1291 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ey do’st, murodingdan ayrilma,
Ey yor, vafodoringdan ayrilma.
Ey gul, bulbulingdan ayrilma,
Toki sen dunyoda bir tug’ilgansan.

Ey go’zal, jamolingdan ayrilma,
Ey bahor, ko’klamingdan ayrilma.
Ey inson, baxtingdan ayrilma,
Tug’ilgansan toki sen bir  bor.
Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 1640 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Yurt tayanchi kadrlar,
Olib bugun ilmlar,
Avlodlarga beringlar,
Vatan ishonchi kadrlar,
Siz o’rgangan bilimlar,
Avlodlar qalbin oqlar,
To’g’ri yo’ldan borib,
Qo’shing vatanga ravnaqlar,
Kelajagimiz ishonchi kadrlar.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 985 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Qaydasan vafoli yorim,
Sensan mening bahorim.
Qishimni ham isitgan,
Tafti issiq quyoshim.
Ko’kda yaraqlar oyim,
Tunda mening oyimsan.
Porlab turgan yorimsan ,
Men sen uchun zaminman.
Sen balandda osmonim,
Farzandimiz bu yulduzlar.
Qayga ketar kunduzlar,
Qayda bolsangda omon bo’l.
Qaldirg’och qosh kamon bo’l,
Porlab tursin oy yuzing,
Qolmasin yuzda dog’ing.
Ta’riflashga so’z etmas,
Doston qilsam vaqt etmas.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1012 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bilimlarning bulog’i bu kitob,
Ezguliklar onasi bu kitob.
Yaxshiliklar elchisi bu kitob,
Donolarning bisoti bu kitob.

Yomonni ham yaxshi qilguvchi,
Tosh bag’rni mumdek tilguvchi.
Sevgi o’tin dilga ilguvchi,
Xazinalar xazinasi bu kitob.

Baxt otasi ham bobosidir kitob,
Mehr onasi ham momosidir kitob.
Tariximiz ildizidir bu kitob,
Tinchlik elchisi posponidir bu kitob.

Bobolardan meros qolgan bu kitob,
Etsin erta avlodiga bu kitob.
Tarbiyac ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1164 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Mening go’dak paytimda,
Opichlagan opamsiz.
Mening yoshlik vaqtimda,
Erkalagan opamsiz.

Onamga suyanch bo’lgan,
Ukalarin yupatgan.
Onamga tayanch bo’lgan,
Mehribonim opamsiz.

Baxtli bo’lsin jon opam,
Taxtli bo’lsin xon opam.
Jigarbandlarin baxtiga,
Omon bo’lsin oy opam.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 986 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Oliy o’quv yurtida,
Oliy ta’lim bag’rida.
O’qidik shuur bilan,
Qadri baland kursdosh.

Sessiyada sirdosh bo’lding,
Ikkinchi sirdosh bo’lding.
Dardimga  davo bo’lding,
Hurmatli aziz kursdosh.

O’tdi sinovli to’rt yil,
Ketdiku oltin davr,
Bo’ldi yurak ham sil.
Armon bo’lma kursdosh.

Endi bilinar qadring,
Shirin shakar so’zlaring.
Shodon, quvnoq yuzlaring,
Baxtli bo’lgin kursdosh.
Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 1739 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Olis-olis joylardan,
Uchib kelgan qushsan.
Olis ota makondan,
Ko’chib kelgan qizsan.
Yoring uyida kelinmas,
Qizidirsan yangajon.

Kelgan joying nurga to’ldirgan,
Bir ro’zg’orni obod etgan.
Hammaning ko’nglin to’ldirgan,
Hamma ishlarni bo’ldirgan.
Yoring quchog’in to’ldirgan,
Baxtli bo’lgin yangajon.

Qo’ling doim ko’ksingdadir,
Issiq choy ham qo’lingdadir.
Yoring doim yoningdadir,
Bu tilagim sizgadir:
Farzand bersin ollohim,
Alla ay ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1019 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Qalbga do’stlik nomin,
Ko’nglimga sirdosh otin.
Dilimga vafo so’zin,
Solding o’zing sinfdosh.

O’qidik bir maktabda,
O’tirdik bir sinfda.
Birga oldik ta’limni,
Tengdoshim sen sinfdosh.

Sendadir ilk sevgim,
Sendadir ilk do’stim.
Sendadir ilk sirdoshim,
Qadrli qadrdonim sinfdosh.

O’quv damlari o’tdi,
Yurak qayg’uga botdi.
Hayot har yonga otdi,
Qalbdan ketma sinfdosh.
Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 1768 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ona o’lkam diyorimsan, g’ururimsan vatanim,
Bilak kuchim, qalb qo’rim, shuurimsan vatanim.
Sening madhingni kuylab, zavq olar mening tanim,
Ishda g’oya ishorim, ko’ nurim vatanimsan.

Tuproqlaring serhosil, oltinga etgum qiyos,
Mehnatkashxalqim border,diyonatli beqiyos.
Shaharlaring serjilo, ko’rganlar qilar havas,
Tengi yo’q bu zaminda, mehribon vatanimsan.

Temir yo’llar yastanib, oshdi tog’lar belidan,
Olim, shoir, daholar, qalam tushmas qo’lidan.
Don ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1731 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Izlab yo’lingiz poylarman,
Qaylardasiz izlarman.
Men sizni so’g’inganman,
Qaylardasiz otajon.

Sizni qumsab o’tarman,
Bir kelishingiz istarman.
Keyin bilmam netarman,
Qachon kelarsiz otajon.

Barisiga ko’narman,
Lekin sizni kutarman.
Shuni dildan aytarman,
Sog’ingan o’g’lingiz otajon.

Bir kun ota bo’larman,
O’g’limni o’ynatarman.
O’g’limga eslatarman,
Sizni aziz otajon.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 990 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ishongan do’st o’z foydasini o’ylab tursa,
Qo’ling bersang, o’z qo’lini siltab tursa.
Ishongan do’sting bag’rim tig’lab tursa,
Ayt birodar men netayin.

Men do’st degan yolg’onchi  bo’ldi,
Men uchun u hiyonatkor bo’ldi.
Ishongan do’st ham onam bo’ldi,
Ayt onajon men netayin.

Seni egri yo’lga chog’lasa,
Og’ir kunda yonda turmasa.
Bu do’stdan dushman yaxshi,
Shunday men netayin.
Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 1569 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 5.0/1

Ustoz yolg’onni aytmaydi,
Usta asbobin sotmaydi.
Dehqon uxlab yotmaydi,
Shuning uchun baxtli el.

Ona qayg’uga botmasa,
Ota norozi bo’lmasa.
Farzand tarbiyadan chiqmasa,
Shunda bo’lar el baxtli.

Inson mehnatdan tinmasa,
O’quvchi o’qishdan tonmasa.
Talaba izlanishdan qolmasa,
Shunda bo’lar xalq baxtli.

Bola boshdan bilinar,
Tarbiyaga qalbga ilinar.
Odobsiz bosh tilinar,
Ogoh bo’lsa xalq baxtli.

Yurtim doim rivojlanmoqda,
Oda ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1114 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ota so’zin eshitsam,
Yurak bag’rim tilinar.
Nozik dilim kuyunar,
Ota sizni sog’indim.

Ota so’zin hech aytmadim,
Sizni bir bor ko’rmadim.
Eslab endi yana yig’ladim,
Ota sizni juda sog’indim.

Qalqonim ham onam bo’ldi,
Mehribonim ham onam bo’ldi.
Qayg’udoshim ham onam bo’ldi,
Ota sizni yana sog’indim.

Dushman nishin otganda,
Hasadgo’ylar yonib yotganda.
Baxtli kunni ko’rganda,
Ota sizni yonib sog’indim.

Ko’p ozorlar ko’rganimda, ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1077 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ardoqla mo’tabar onajoningni,
Ardoqla davlating otajoningni.
Ardoqla izdoshing bolajoningni,
Ardoqla eng avval nomus oringni.

Qadrla ozod vataningni,
Qadrla nomusing singiljoningni.
Qadrla mehribon akajoningni,
Qadrla eng avval oila shaningni.

Obod et ey inson ro’zg’oringni,
Mehr ber vafodor aziz yoringga.
Odob ber suyukli go’dak bolangga,
Rozi et g’animat onajoningni.

Norozi etma davlating otajoningni,
Sotmagin yaqin sirdosh do’stingni. ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1137 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

O’tding qancha qirlardan,
Qancha qirg’in dovlardan.
Lekin barini yengding,
Mening aziz vatanim.

Qancha mardlaring ketdi,
Qancha bag’rni yutdi.
Lekin murodga yetding,
Mening buyuk vatanim.

Farzandlaring baxtiyor,
O’zingdadir ixtiyor.
Mana hurlikka yetding,
Mening erkin vatanim.

Avlodlaring zafarlarni quchmoqda,
Qancha raqiblarni yutmoqda.
Taraqqiyot yo’lidan bormoqda,
Mening buyuk hur vatanim.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 989 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bilib qo’ying suyganimni,
Yor ishqida kuyganimni.
O’ylab bag’rim tilganimni,
Sevgan yorim Bahor guli.

Erta bahor uni ko’rdim,
Bir ko’rdimu uni sevdim.
Bir tuyg’uni qalbga tuydim,
Sevgan jonim Bahor guli.

Har bahorni intiq kutdim,
Bahor gulni ko’rgach kuldim.
Kuz kelmasin deya yurdim,
Sevgan gulim Bahor guli.

Kuz kelganga bahor ketdi,
Nega bahor tashlab ketdi?
Qish yuragim ezib ketdi,
Kuygan gulim Bahor guli.
Kategoriya: Tabiat | O'qishlar soni: 1650 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ishonganim sadoqatli do’stlarim,
Topganlarim elkadoshim do’stlarim.
Og’ir onda darddoshim do’stlarim,
Baxtli kunda ulfatdoshim do’stlarim.

Suyanganim tog’im do’stlarim,
Baxtim mening vafodor do’stlarim.
Darddoshim sirdosh do’stlarim,
Tutunganim qalqonim do’stlarim.

Otmang do’stga toshingizni do’stlarim,
Urmang do’stga tig’ingizni do’stlarim.
Sotmang dushmanga do’stingizni do’stlarim,
Tushmang keyin do’zaxga do’stlarim.

Baxt tumorim baxtli bo ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 2410 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ona yuragi daryo,
Ona mehri bebaho,
Ona so’zlari asal,
Ona allasi orom.

Ona osmonda oydir,
Quyosh oyga yordir.
Ona vafoli yo’ldosh,
Ona yaqin sirdosh.

Onaga teng yo’qdir,
Ona tengi yo’q zotdir.
Ona dunyoni tebratar,
Ona allasi uxlatar.

Ona ardog’im mening,
Ona dildoshim mening.
Ona baxtim bahori,
Ona omadim tumori.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1374 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Yuragimni yoqarsan begim deb,
Aqlimni shoshirarsan jonim deb,
Hushimdan ayirarsan yorim deb,
Begoyim sevaman sizni borim deb.

Baxtimu taxtimsan o’zing begoyim,
Sevganim, vafodorim o’zing guloyim,
Orimsan,jonimsan o’zing gulyorim,
Shaxtimsan,shuurim, sho’xim begoyim.

Begim deb yondirar tiling begoyim,
Baxtim bo’l, gulim bo’l, sen  yorim,
Kuydirma, g’ayg;uga botirma oyjamolim,
Men seni sevaman dildan begoyim.

Sen bilan asaldir hayotim,
... Davomini o'qish »
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1416 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Sevgilim jamoling  ko’rgim kelar,
Labingdan bol tamin olgim kelar.
O’tmishim eslasam zim-ziyo tunlar,
Yorim diydoringga to’ygim kelar.

O’zingni olmagin jonim mendan,
Nozlaring bir kuni o’tar jondan.
Bir kuni afsuslar qilasan chindan,
Nelarni o’ylarsan doim zimdan.

Negadir tinch qo’ymas, shubhayu gumon,
Bir kuni boshqa bilan ketarman ishon.
Shunda o’rtanib kelarsan men tamon,
Shunda mengamas senga bo’ladi yomon.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 981 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Tush ko’rdim, tushimda dengiz,
Shamollar urarmish suvni har tamon,
Kemani otarmish sapchitib har yon,
Dovullar titratar butun dengizni,
Kemada ko’rdim men bir oyjamolni,
Osmonda oy chiqdi, porlab shu on,
Shu oyni gul pari hijolat etib,
Oyjamol ruxsori aqlimni oldi,
Ko’rmovdim men avval bunday suluvni,
Ko’rdimu shu on yuragim yondi,
Osmonda oy uyalib botib ketdi,
Ufqdan oy yori quyosh ko’ringach,
Gulruxsor shu onda ko’rinmay qoldi,
Es- hushim, hayolim ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Kulgili va qiziqarli | O'qishlar soni: 4268 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Jannat yurtim gul diyorim,
Go’zal bag’ri bo’stonim.
Bulbul sayrar chamanim,
Gulla, yashna hur vatanim.

Ajdodlaring ruhlari yor,
Avlodlaring endi baxtiyor.
Yuragida qalqoni bor,
Jannatimsan gul vatanim.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 972 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Yuragimda isming Laylo,
Qiynama Majnuning Laylo.
O’rtama dilimni ey Laylo,
Bevafo bo’lmagin go’zalim Laylo.

Layliga o’xsharsan Laylo,
Sevganim o’zingsan Laylo.
Dunyoku bevafo Laylo
Bevafo bo’lmagin sen Laylo.

Ko’riboq sevganimsan sen Laylo,
Nozlaring jondan o’tdiku Laylo.
Shahzodang bo’layin malikam Laylo,
Bevafo bo’lmagin begoyim Laylo.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1015 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

JET Servis Хостинг от uCoz