Juma, 4:55 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 775
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Sabina1827(29), WillieCam(45)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » Turli hil mavzular

Olis bir manzilda olis bir odam,
Kimga ne o'rgatding deya so'rgandi.
Sahroda darbadar kezgan Majnun ham,
Oshiqlik ishini mendan o'rgandi.

Insonlar muhabbat ko'shkin qurishni,
Tunlar bedor bo'lib hayol surishni,
Quyosh peshonada kulib turishni,
Bulut yosh to'kishni mendan o'rgandi.

Odamzot harb bilan sulhu urushni,
Besh kunlik dunyoda davron surishni,
Zamin keng samoda yolg'iz yurishni,
... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1610 | Joylangan sanasi: 25-09-2015 | Reytingi: 5.0/1

Menga ilhaq qo’llarni tashlab,
Bilmam qaysi qo’llarni tutdim.
Zilol suvday dillarni g’ashlab,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Ko’ngil mulkim chilparchin qilib,
Gohi yig’lab, gohida kulib,
Yaxshilarning bag’rini tilib,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Muhabbatdan ozor chekdi dil,
Yurar yo’lim to’la ming chigil,
O’tib ketdi necha oyu-yil,
Men o’zimdan ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1457 | Joylangan sanasi: 22-09-2015 | Reytingi: 5.0/1

Boshim ko'kka yetsa ham ki men,
Inshoolloh hokisor yurgum.
Har nafasda, nar bir lahzada,
Parvardigor, Senga talpingum.
Qaram qilsa man-manlik dilni,
G'aflat ichra qoldirma meni.

Xiyonatga toqat yo'q menda,
Qoralayman sovuq otini.
Ey Xudoyim hayot yo'limda,
Ko'rmay deyman uning betini.
Xiyonatkor kessa gar yo'lni,
G'aflat ichra qoldirma meni.

Iymon berding biz bandalarga,
Oqi ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1331 | Joylangan sanasi: 07-09-2015 | Reytingi: 0.0/0

Мен учун битилган ҳар нарса бор ки,
Барини хаётда кўравераман.
Манзилим, максадим аникдир чунки,
Танлаган йўлимдан юравераман.

Майлига амалга ошмас бўлса ҳам,
Шу йўлда хаёллар суравераман.
Одамлар ортимдан пичинг қилса хам,
Танлаган йўлимдан юравераман.

Чалғитма дўстгинам йўлимдан менинг,
Сенга - да омонлик тилайвераман.
Синсам хам, сўнсам хам, тўхтамам билгин,
Танлаган йўлимдан юравераман.

Менга деб ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1568 | Joylangan sanasi: 04-09-2015 | Reytingi: 0.0/0

Umr o’tar ekan, o’tarkan yeldek,
Inson umri qolar ingichka qildek.
Hayotin sarflar pul, boylik uchun
Unutar mehrni nimaga? Nechun?

Boy bo’lgan sari boyishni istar,
Nafsi yana uni boyishga qistar.
Mol-dunyoni deya vijdonin sotar
Yigitlik g’ururi yerlarda yotar.

Umri oxirlagach, yetganda vaqti,
(Olloh olib qo’ganda beldagi shaxti,)
Tugab bitganida shijoat-shaxti
Keyin o’ylar ekan ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1594 | Joylangan sanasi: 15-08-2015 | Reytingi: 0.0/0

Go’zal yurtim vatanim
Senga jo mening qalbim
Tuprog’ing to’tiyo ko’zga
Erkinlik berding bizga

O’zing mening oshyonim
Tinchlik bo’laversin doim
Senda yashash baxtini
Berdi menga xudoyim

Eng go’zal yorqin onlar
Vatandadir yoronlar
Yashab qoling baxt bilan
Dilda ezgu axd bilan

Berilur umr bir marta
Yashang aziz vatanda
Pul uchun ketib chetga
Qay ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1283 | Joylangan sanasi: 12-08-2015 | Reytingi: 0.0/0

Mening yurtim O’zbekiston
O’lkalar ichra doston
Har yeri bog’-u bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Sendir mening vatanim
O’zbekiston gulshanim
Senda barcha tinch-omon
Yaqin yo’lolmas yomon

Sensan millat oshyoni
Kezib topmadim dunyoni
Seningdek go’zal bo’ston
Men tug’ilgan guliston

Chor taraf chaman bog’lar
O’ragan azim tog&rsquo ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1300 | Joylangan sanasi: 11-08-2015 | Reytingi: 0.0/0

O'n sakkiz yoshimning go'zal onlari,
Qoldi uning shirin-u achchiq hayollari.
Qaniydi qaytolsam o'n sakkiz yoshimga,
Dilimdagin aytar edim kursdoshimga...

O'n sakkiz yosh uchun she'r bitibdilar,
Qo'shiqlar u uchun ko'p aytibdilar.
Armonlari dilimda qolgan yoshim bu,
O'n sakkiz yoshimning armonlari u...

Uyg'onsam har tongda o'ylarimda u,
Tunlari hatto kirar tushlarimga u.
Shirin orz ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1351 | Joylangan sanasi: 27-07-2015 | Reytingi: 0.0/0

Ortimdan g'iybatlar qildilar nechun?
Do'st deganim do'st bo'libdi manfaat uchun.
Bir so'z demay ketdi yorim ko'nglim uchun,
Men ularning bariga bir kulib qo'ydim...

Ollohdan so'radim dardimga davo,
Do'stlarim ekan go'yo o'zgaruvchan havo.
Hayotimda chalindi dardli bir navo,
Men ularning bariga bir kulib qo'ydim...

Onam so'radilar ne bo'ldi deya,
Ne dard seni qiynar, ayt ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1752 | Joylangan sanasi: 26-06-2015 | Reytingi: 0.0/0

Dunyoviy ishqlardan qo'limni siltab,
Ko'nglimni berganman eng buyuk ishqqa.
Har kimsa yo'limdan chuqur qazisa,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Pul uchun vijdonni tinmay sotsalar,
Joy kelsa Shaytonning yo'lin tutsalar,
Va yana O'zidan shafqat kutsalar,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Ishongan insonim g'alamis chiqsa,
Kutmagan xiyonat chayondek chaqsa.
Hatto Oy osmondan beparvo boqsa,
... Davomini o'qish »

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1606 | Joylangan sanasi: 09-04-2015 | Reytingi: 0.0/0

« 1 2 3 4 5 6 ... 12 13 »
JET Servis Хостинг от uCoz