Payshanba, 11:18 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 644
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
AlexandrVed(34), Timothytup(41), Vitaliytem(40)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » Sevgi muhabbat

Tark etmaysan sen meni hech ham,
Xayolimda mudom yashaysan.
Sensizlikka ko'ngan bo'lam ham,
Sog'inchinga har dam boshlaysan.

Qancha yillar o'tdi bilmadim,
Yuragimni o't ichra yoqib.
Ammo unga boshim egmadim,
Sovuq hijron etsa-da ta'qib.

Men o'zimcha baxtliman ishon,
Xayolimda chunki yashaysan.
Garchi senga yetmog'im gumon,
Lek soyamga juda o'xshaysan.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1109 | Joylangan sanasi: 01-03-2015 | Reytingi: 0.0/0

Atirgulni ko'rib tikilib turib
Nechun tikanlisan go'zalim dedim
Mungli ovozimdan dardimni bilib
Sekin gap boshladi "Men nozik edim

Chin dildan sevgandim borim bergandim
Hayotim mazmuni edi sevgilim
Lekin aybim nma edi bilmadim
Mayli hayr dedi tashladi ketdi...

Shundan keyin rangim zafaron bo'ldi
Vujudimdan hijron nishlari undi
Undan o'zgasida tezgina so'ldim
Hayotim mazmuni faqat u edi &qu ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2545 | Joylangan sanasi: 02-01-2015 | Reytingi: 0.0/0

Sen yurgan yo'laklarni
Endi tikonlar bosdi 
Sen qilgan tilaklarni 
So'ngi pushmonlar to'sdi

Sen aylangan bog'laring
Bugun boshqa tus olgan
Gul o'rnida bog'ingda
Faqat xazon-xas qolgan

Sen yashagan koshonang
Devorlari sarg'aydi
Sendan qolgan bo'sh xonang
Poydevori yig'laydi

Bulut to'sgan ayvoning
Quyosh xam nur sochmaydi
Zulmat bosgan qo'rgoning
... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1389 | Joylangan sanasi: 15-12-2014 | Reytingi: 0.0/0

Xar shoxda g'uncha bitsa 
Gul bo'ladi debsizda
Bir noz karashma qilsam 
Qul bo'ladi debsizda
***
Qizil gulli libosim
Kiyib gullola bo'lsam
Menga parvona bulbul
Shul bo'ladi debsizda
***
Ko'z o'ngida aylanib 
o'ynab bersam nozlanib
Ishqim o'tida kuyib 
Kul bo'ladi debsizda
***
Suzib qoshu ko'zlarim
Ko'rib jilva sozlarim
Atrofi ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2144 | Joylangan sanasi: 09-12-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bilmadim yetarmi bardoshim,
Sog’inchni ozori qiynaydi,
Men bunda qon yutib yashayman,
U go’zal buni hech bilmaydi,

Yo’liga jonimdan poyondoz,
To’shayman nazarga ilmaydi,
Jon o’rtanar poyida ,
U go’zal buni hech bilmaydi,

Tunlarday qorong’u ko’ksimda,
Yuragim ichimni tirnaydi,
Tunlarim uyqusiz uni deb,
U go’zal buni hech bilmaydi.

Quvonchim shodligi ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2063 | Joylangan sanasi: 25-11-2014 | Reytingi: 0.0/0

Mayliga ketaman sizdan olisga,
Yurakni poyizga otaman yulib,
Sevishim olmang go’zal ko’nglizga,
Ketaman yomg’irda gardday yuvilib.

Xotira daftarim ochmayman sira,
Yodingiz yodimdan o’chiraman bas,
Mayliga yashayin bo’lib dil xira,
Visol bo’lsin mayli menga bir xavas.

Baxtsizlik bog’ini mayli gullatib,
Baxtni poyingizga otay men baxtsiz,
Ammo hech qachon dilim tig’latib,
... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1925 | Joylangan sanasi: 24-11-2014 | Reytingi: 0.0/0

Oh bunchalar o'rtanma qalbim,
Senga taskin bera olar kim?!
Azoblardan kuymagi aslo,
Quvonish ham yaqindir balkim!

Kechir asli seni shu holga,
Solgan o'zim, gunohkor o'zim,
Axr men ham nima qilayin,
Nohaqlikdan bityapti to'zin!
 
Qalbim faqat sen oh chekmagin,
Sen oh cheksang, ojizdir tanim
Adolat deb kurashgum abad,
Sen tinch bo'lsang sokindir tanim!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1147 | Joylangan sanasi: 21-11-2014 | Reytingi: 0.0/0

Sevaman yonigga borolmay,
Ko’nglimni bir bora yorolmay ,
Hattoki ko’zingga qarolmay,
Sevaman o’zimdan qizgo’nib,

Ko’z yumsam ko’raman jamoling,
Hayoldan qo’ymayman hayoling,
Bo’layin kel sening hayoting,
Sevaman o’zimdan qizg’onib,

Sensiz bu dunyolar menga tor,
Yonimda bo’lsang men baxtiyor,
Sevgimni qilolmay men izxor,
Sevaman o’zimdan qizg&r ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2870 | Joylangan sanasi: 19-11-2014 | Reytingi: 5.0/1

Ko’ksim yonar bu damda ,
Yurak qoldi alamda ,
Hayol senda dil g’amda,
Ado qildi bu sevgi.

Sen ketding yolg’iz tashlab,
Hijron qolar dil g’ashlab,
Sog’inchiga tutash lab ,
Ado qildi bu sevgi,

Tanamdan otilar jon,
Bag’rim azoblardan qon,
Bermay menga hech imkon,
Ado qildi bu sevgi,

Qilib dilni ko’p sarson,
Visoling bo’ldi armon,
Aylab g’a ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1721 | Joylangan sanasi: 15-11-2014 | Reytingi: 5.0/1

Seni sevmaslikni yo’qdur iloji,
Seni sog’inmasdan yashamay bo’lmas.
Sen o’zing umrimni go’zal gultoji.
Sensiz kemtik yurak sira ham to’lmas.

Seni o’ylamaslikni yo’qdir chorasi.
Seni bir zumga unutib bo’lmas.
Sen bo’lding ko’zimning oqu qorasi.
Sensiz bu dunyo ko’zga ko’rinmas

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1091 | Joylangan sanasi: 13-11-2014 | Reytingi: 0.0/0

« 1 2 3 4 5 6 ... 45 46 »
JET Servis Хостинг от uCoz