Yakshanba, 6:35 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1181
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
jorabek(29), Petrvep(33)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 14 » Alam
Alam

Nizolardan hech kim tolmasa,
Dod! O'z omang yoning olmasa,
Azroil ham joning olmasa,
Alam qilar yurakka juda.
Zahar ichay, zahar gap tuymay,
Bu dunyoning dardiga kuymay,
Bu so'zlarni yuragim suymay,
Alam qilar yurakka juda.
Hayotingni Rabbim bor qilsa,
Bandalari xokisor qilsa,
Do'st qilgandan, dushman or qilsa,
Alam qilar Yurakka juda.
Yaqinlaring begonachalik,
Qiymating bir devonachalik,
Gar bo'lmasa, dunyo qanchalik?!
Alam qilar Yurakka juda.
Har qadaming mazax qilishsa,
Yuragingni asta tilishsa,
Uyalmayin bundan kulishsa,
Alam qilar Yurakka juda.
Bu dilimda joy oldi armon
Orzulardan oldin, bu yomon,
Qanday chiday, hamma yoq yolg'on
Alam qilar Yurakka juda.
Qilganda oz hayot diyonat,
Ko'p sevganim do'stim xiyonat
Qilmasa, umr axir omonat
Alam qilmas menga buqadar.
Ko'rinmas ip bog'lab qo'lingga,
G'arq etsalar ham dard ko'lingga,
Solsa biri, oh, o'z yo'lingga,
Alam qilmas menga buqadar.
Mayli solsa ko'zlarimga g'am,
Ham bundanda ko'pi deyman kam,
Bir chin, sodiq do'st bo'lsa shu dam,
Alam qilmas menga buqadar.
Hammasi ham menday bandada,
Toki ushbu boshim sajdada,
Umr kitobi Rab, Rahmondada,
Alam qilmas menga buqadar.
Duoda qo'l bo'lmaydi ohim,
Shukr aylasa dilim, ilohim,
Menla ekan qalbda Ollohim,
Alam qilmas, menga buqadar.
Bo'lmasa ham zarracha qadrim,
Ortgandanda ortsa ham dardim,
Yonimdeykan bu go'zal sabrim,
Alam qilmas menga Inshalloh...

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 740 | Yubordi: Safeena | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz