Shanba, 5:31 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 760
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Mart » 27 » Armon
Armon

Yodingdami baxtli bir kunda,
Ko'zlarimiz to'qnash kelgandi.
Ular sirli yog'dular sochib,
Qalbimizga sevgi solgandi.
Shirin edi diydor onlari,
Bahor edi o'sha damlari.

Bir yil o'tib yana uchrashdik,
Ilk uchrashgan o'sha manzilda.
Ammo noxost qayrilding,ketding,
Men yo'yibman uni hazilga.
Berilibman g'aflatga shu dam,
Bahor edi o'sha damda ham.

Mana,qancha bahorlar o'tdi,
Endi ancha ketdik yiroqlab.
Ammo hamon izlab yuribman,
Har bahordan seni so'roqlab.
Umid berar har yili takror
Hamon mening qalbimga bahor...

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1617 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz