Shanba, 5:28 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1178
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » May » 27 » Boshqa
Boshqa

Sizga boqardi hatto
Oy ham ko’rib havasda
Izingizdan qolmasdi
Yulduzlar har nafasda

O’zbekning mard yigiti
Tog’ni qiladi talqon
Bo’yin egmas yovlarga
G’animga ko’ksi qalqon

Shijoati shaxdiga
Bas kilolmas arslon ham
Bugun o’zbek bolasi
Ayting axir kimdan kam

G’arbga taqlid shu qadar
Kuchaymoqda bizlarga
Bugun ayting ne bo’ldi
Ba’zi o’g’il qizlarga

O’sdi ulg’ayib dillar
Qo’ldan uchdi kabutar
Olloh yaratgan tanga
Yana unga ne bitar

Kimlar shaydo bo’lmasdi
Shu shaxlo ko’zingizga
Neni ravo ko’rdingiz
Axir, siz o’zingizga

Qayda qoldi or nomus
Yana qayda diyonat
O’zligini unutish
Bu vatanga xiyonat

Sizni ko’rib bo’g’zimga
Tiqilmoqda alamim
Bu haqda yozgunimcha
Sinsa edi qalamim

Bundayin holni ko’rib
Ezilmasmi yuraklar
Ko’rib o’g’il bolani
Qulog’ida ziraklar

Jaloliddin, Temurlar
Go’rida tik turmasmi
Kun kelib qiyomatda
Ayting yuzin burmasmi

Sochin bo’yab sariqqa
Yurganiga ne deysiz
Shundayin zamonamiz
O’zgarib ketdi essiz

Shimda yurmasdi avval
O’zbekning oy qizlari
Kesmas edi sochlarin
Nodiraning yuzlari

Havas qilib siz g’arbga
Berilib, hoyu havasga
Qulab tushasiz bir kun
Eshigi yo’q qafasga

Shunday yashasak bizdan
Kim ibrat olar ayting?
Havas qilmasdan g’abrga
O’zligingizga qayting

Ajdodlardan meros
Odatlarni saqlaylik
Kelajak oldidagi
Burchimizni oqlaylik

Har qalbga solsin iymon
Dilda porlasin poklik
Qandayin bersak salom
Shunday olurmiz alik

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 405 | Yubordi: Sherbek Sarfaroz | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz