Juma, 4:58 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 867
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
BeryFoer(35), OpTusa(37), Jamesvor(41)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Fevral » 13 » Chinorimiz kesilib ketti
Chinorimiz kesilib ketti
Seni har on sog'inaverib,
Yurak bag'rim ezilib ketdi.
Tanasiga ismimiz yozgan,
Chinorimiz kesilib ketdi.

Taqdir menda bormidi qasding,
Sharob emas sarob tutqazding,
Yiroq qilding sevgilim vaslin,
Yetisha olmasman sezilib ketdi.

Kuch qolmadi bilagimdagi,
Begonadur tilagimdagi,
Hastalangan yuragimdagi,
Sevgi ipi uzilib ketdi.

Yodingdami yozgan she'rlarim,
Faqat senga aytgan sirlarim,
Qizg'aldoqqa to'lgan qirlarim,
Qizg'aldoqlar ezilib ketdi.

Bevafosan va lekin go'zal,
Bahting bo'lsin husningdan go'zal,
Muhabbatdan qurgan Toj-Mahal,
Qasrlarim buzilib ketdi.

Seni har on sog'inaverib,
Yurak bag'rim ezilib ketdi.
"SH+Z" deb o'yib yozganim,
Chinorlar ham kesilib ketdi.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1261 | Yubordi: Shokir Yo'ldosh | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz