Dushanba, 8:54 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1178
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
aziz1(26)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 2 » Chiroyini bozor qilganlar
Chiroyini bozor qilganlar

Ba’zan ko‘rib qolasan hayron
Shayton yo‘lin haq deb bilganlar
Boqib turar ko‘zlari har yon
Chiroyini bozor qilganlar

Bo‘yin egmas aslo mehnatga
Ko’ngli moyil ayshu ishratga
Ko‘zlar ko‘rib tushar hayratga
Chiroyini bozor qilganlar

Havas qiling qadoq qo‘llarga
Bolam deya yongan dillarga
Kuniz qolar ayting kimlarga
Chiroyini bozor qilgan

Yillar o‘tib vaqt o‘tib bir kun
O‘tmishingiz qiynamasmikin
Shunda qanday topasiz taskin
Chiroyini bozor qilganlar

Mol dunyomi yohud hayoli
Keldimi yo go‘dak maloli
Tutmasmikan farzand uvoli
Chiroyini bozor qilganlar

Baxt bermaydi ko‘shkli shu saroy
Aldanibsiz tillo -yu zarga
Ketganida bir kun shu chiroy
Qulamangiz tubsiz bir jarga

Shayton yo‘lin haq deb bilgan
Yolg‘onlarin rost deb bilganlar
Aldanmangiz o‘tkinchi hisga
Chiroyini bozor qilganlar...

Yiroqsiz diyonatdan
Uyalmas xiyonatdan
Qo’rqmaysiz qiyomatdan
Chiroyini bozor qilganlar...

Qaddi egik bugun Otangiz
Aybin bilmay yig‘lar Onagiz
Kimdan ibrat olar bolangiz
Chiroyini bozor qilganlar...

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 582 | Yubordi: Sherbek Sarfaroz | Joylashtirdi: JET | Reyting: 5.0
JET Servis Хостинг от uCoz