Dushanba, 8:52 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 850
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
aziz1(26)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Aprel » 20 » Juda chiroylisiz
Juda chiroylisiz

Bahor tarovatin sizda payqadim,
Siz uchun chog'landim bitmoqqa g'azal.
So'zimga ishoning yolg'on aytmadim,
Juda chiroylisiz, judaham go'zal.

Yo'limda uchratdim nogahon Sizni,
Balki uchrashtirdi taqdiri azal.
Shu lahza his etdim ilohiy hisni,
Juda chiroylisiz, judaham go'zal.

Oldin ko'rmagandim bunday husnni,
Yuragim yig'ladi,uchratgan mahal.
Qo'limdan kelmadi avramoq uni,
Juda chiroylisiz, judaham go'zal.

Ko'zimni kechiring boqqani uchun,
Totli umringizga bermasman xalal.
Borimni berardim boqishiz-chun
Juda chiroylisiz, judaham go'zal.

Men shunday bolaman, go'zallikka o'ch,
Faqat sal samoviy,xayoli sal-pal.
Mening bu holimga parvo qilmang hech,
Juda chiroylisiz, judaham go'zal.

Dunyoda nur soching, yorug'lik soching,
Olamni qutqarar go'zallik derlar.
yomonko'z boqmasin,ulardan qoching,
Juda chiroylisiz, judaham go'zal

Istagim, saqlangsiz Iymonni qalbda,
Dunyoga qiziqmang, U sizni aldar.
Aql o'rgatmadim, yaqin oldim-da,
Juda maftunkorsiz, judaham go'zal

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2226 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz