Seshanba, 7:57 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 772
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Felodelfiya(28), SretNag(44), Maupiferm(40)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Yanvar » 23 » Kel sevgilim
Kel sevgilim
Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Gulzorlarni sayr qilamiz.
Sadoqatga berib qalbimiz,
Hijronlarga xayr qilamiz.

Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Yuragim his etsin taftingni.
O'zimniki qilay ko'zlaring,
Hilol qoshing, sarvi qaddingni.

Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Jonim olsin o'tli qaroshing.
Osmondagi oydursan o'zing,
Men bo'layin beging, quyoshing.

Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Mast qilsin hush iforing mani.
Gul labingga tashna lablarim,
Devona ayladi humoring mani.

Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Qo'yvormaylik endi qo'limiz.
Men taqdirda so'rayman har on,
Ayrilmasin aslo yo'limiz.

Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Men dunyoda eng bahtli bo'lay.
Bag'rimga kel to'ldirib turgin,
Quchog'imni bir dasta gulday.

Kel sevgilim qo'llaringni ber,
Yuraklardan hijron arisin.
Bir-birimiz shunday sevaylik.
Butun olam bizni tanisin.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1532 | Yubordi: Shokir Yo'ldosh | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz