Payshanba, 1:42 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 772
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
GrigoryMeam(41), StevenSon(37), Pa(33), kirecocaweb37(37), LenaVax(34), Michaeldoma(34)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2013 » Aprel » 1 » Ketmoqdasan
Ketmoqdasan
Ketmoqdasan bir so’z demay yonimdan
Yiroqlashib kundan kunga yiroqqa
Ayt axir qay gunoxim uchun
Yolg’izlatib qo’yib meni firoqqa

Xayolingla kun u tunlar azoblab
Unutmoqqa bermaysan xech imkonni
Dilim vayron etib yana so’roqlab
Nachun buncha qiynayverasan jonni

Qafasdayin go’yo sensiz dunyolar
Parvoz aylamoqqa yo’qdur qanotim
Axir bir kun ketishing bilib
Nechun xayotimga kirding xayotim

Poyingga tiz cho’kadurman chorasiz
Ketma deya unsizgina tikilib
So’z deyolmay yuragimni poralab
Ko’zyosh to’kib turadursan egilib

Diydor kutib necha oy u yillarda
O’z o’zimni aldaydurman o’kinib
Vafo izlab vafosiz bu yo’llarda
Bormoqdaman xazonlarday to’kilib.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1834 | Yubordi: Mohidil | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz