Seshanba, 7:59 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 545
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Felodelfiya(28), SretNag(44), Maupiferm(40)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Yanvar » 31 » Ko'kda uchgan samolyot
Ko'kda uchgan samolyot
Ko'kda uchgan samolyot,
Kel yonimda pastlab o't.
Chet elda ishlar dadam,
Unga xatim tashlab o't.

O'tib ketdi besh yil ham,
Yetib qoldi-ku bo'yim.
Hayhot endi otamsiz,
O'tib ketsa-ya to'yim.

Uch yil bo'ldi birorta,
Daragini bermaydi.
Nahot otamiz bizga,
Kerakligin bilmaydi.

Har oyda falon dollar,
Puli bizga kerakmas.
Tezroq otajonimiz,
Diydoriga to'ysak bas.

Eshitdim kimlargadir,
Ilakishib yurganmish.
U yoqda "Marusya"ga,
Uylanib ham olganmish.

Ko'kda uchagan samolyot,
Kel yonimda pastlab o't.
Iltimos shu xatimni,
"Marusya"ga tashlab o't.

Meni mayli onamni,
O'ylamas ekanmi-a.
Yetti yashar singlimni,
Sog'inmas ekanmi-a.

Singlim dadamni hatto,
Tanimaydi, bilmaydi.
Dadam qani deb har tun,
Onam bag'rin tig'laydi.

Pul o'lsina-a ayirdi,
Otani bolasidan.
Endi duo qilarman,
Asra PUL BALOSIDAN !!!

Ko'kda uchgan samolyot,
Kel yonimda pastlab o't.
Otamizni sog'indik,
Xatimizni tashlab o't.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1122 | Yubordi: Shokir Yo'ldosh | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz