Juma, 5:00 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 769
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
BeryFoer(35), OpTusa(37), Jamesvor(41)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Mart » 17 » Kumush
Kumush
Tushkunlik kunlarda Qodiriy o'qib,
Bebaho bir iwqqa mehr sezdim men.
Ul mehr sehrini dilga jo etib,
Topmoq ilinjida Jahon kezdim men.

Go'yoki bor emish shundayin hilqat,
Odobi dars emish ahli ayolga.
Maqtasam ko'rmoqqa chidamas toqat,
Men hali ko'rmadim hatto hayolda.

Emishki ko'zlari tasgin solguvchi 
Beorom qalblarga, bemor dillarga.
Har o'tli nigohi jonni olguvchi,
Husni ham madh emish necha tillarga.

Na bo'lib Bobomdan asar o'qidim,
Qalbimda eng buyuk faxr uyg'ondi.
O'qidim,yig'ladim,sevindim,suydim,
Rost aytsam Kumushga mehrim bog'landi.

Shundan beri hech yo'q tushimda orom,
Telbaman, yo'q aql-u hushimda orom.
Kumushning vaslini bir-bor ko'raydeb,
Yo'q, yurish-turishim, ishimda orom.

Kumush,senmisan,ayt,Kumush,bu senmi,
Sevgingga,mehringga,meni qul etgan?
Kumush,senmisan,ayt,Kumush,bu senmi,
Kundoshning og'usin qo'shqo'llab ichgan.

Kumush, qaydasan,ayt,Osmondamisan?
Nechun eshitilmas mayin tovushing?
Kumushjon,bir kelgin ko'nglimni yashnat,
Umidsiz qalbimga ochgin og'ushing.

Har ohu ko'zlardan Seni izlayman,
Har suluv yuzlardan Seni izlayman.
Entikkan ko'zimni oyga tikib men,
Bebaho vaslingni undan so'rayman.

Derlarkim: "Daraxt ham bekor silkinmas"
Ajabmas Ul "Iw"lar qachondir bo'lgan.
Ko'nglimda bir so'roq hech tasgin bermas,
Nahotki Kumushlar o'tmishda qolgan?!...
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1469 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz