Shanba, 5:22 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1178
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Aprel » 9 » Men kimga suyangum Ollohdan boshqa
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa

Dunyoviy ishqlardan qo'limni siltab,
Ko'nglimni berganman eng buyuk ishqqa.
Har kimsa yo'limdan chuqur qazisa,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Pul uchun vijdonni tinmay sotsalar,
Joy kelsa Shaytonning yo'lin tutsalar,
Va yana O'zidan shafqat kutsalar,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Ishongan insonim g'alamis chiqsa,
Kutmagan xiyonat chayondek chaqsa.
Hatto Oy osmondan beparvo boqsa,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Bozorlar to'ldi-ku ayolga butun,
Ayrimi bulg'agan tuproqqa otin.
Hayo tark etsa gar ayolning betin,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Barini yozishga ojizdir qalam,
Hammani baralla ayblamayman ham.
Faqat "U" berguvchi yurakka malham,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1044 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz