Shanba, 5:36 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 536
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Iyun » 26 » Men ularning bariga bir kulib qo'ydim...
Men ularning bariga bir kulib qo'ydim...

Ortimdan g'iybatlar qildilar nechun?
Do'st deganim do'st bo'libdi manfaat uchun.
Bir so'z demay ketdi yorim ko'nglim uchun,
Men ularning bariga bir kulib qo'ydim...

Ollohdan so'radim dardimga davo,
Do'stlarim ekan go'yo o'zgaruvchan havo.
Hayotimda chalindi dardli bir navo,
Men ularning bariga bir kulib qo'ydim...

Onam so'radilar ne bo'ldi deya,
Ne dard seni qiynar, ayt jonim deya.
Onamga "HAMMASI AJOYIB" dedim,
Men onamga qarab turib bir kulib qo'ydim...

Gohida omad ham meni tark etdi,
Bir yelkadosh sirdoshga hayot zor etdi.
Dushmanlar poyida meni xor etdi,
Men indamay bariga bir kulib qo'ydim...

Hayotda odam qiyofa hayvonlar ko'rdim,
Hayvon ham odamdan sodiqligin bildim.
Sinovlardan gohida juda ham to'ydim,
Men baribir bariga bir kulib qo'ydim...

Bugun esa kulishni istamam Olloh,
Sendan o'zgasidan topolmadim panoh.
Yurakda qattiq og'riq, bu ne dard, evoh?
Ko'zimda yosh ila bir kulib qo'ydim...

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1029 | Yubordi: Umida Shodmonovna | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz