Yakshanba, 6:35 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 626
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
jorabek(29), Petrvep(33)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Sentyabr » 22 » Nadomat
Nadomat

Menga ilhaq qo’llarni tashlab,
Bilmam qaysi qo’llarni tutdim.
Zilol suvday dillarni g’ashlab,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Ko’ngil mulkim chilparchin qilib,
Gohi yig’lab, gohida kulib,
Yaxshilarning bag’rini tilib,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Muhabbatdan ozor chekdi dil,
Yurar yo’lim to’la ming chigil,
O’tib ketdi necha oyu-yil,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Bolalikda edim sho’x-shodon,
U kunlarni qumsayman hamon,
Yetib keldi shunday bir zamon,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Bobom bergan tasbehlar qani,
Momom bergan tanbehlar qani,
Yaqin edi hurlar maskani,
 Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Otam menga quchoq ochgan on,
Yuragimda qolmasdi armon,
Bugun otam ko’nglida gumon,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Men onamni ko’rmay qolsam sal,
Vujud tugul ruh edi kasal,
Yo’qlayapman yilda bir mahal,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Akam edi men uchun dohiy,
Yo’lolmasdi hech bitta yog’iy,
O’tib ketdi kunlar ilohiy,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Opam to’qib bergan paypoqlar,
Ko’ylagimga solgan yamoqlar,
Ruhim o’shal kunni so’roqlar,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Ukam edi ko’zimning nuri,
Zavqu-shavqim qalbim sururi,
Yo’qlamoqqa qo’ymas g’ururi,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Singlim seni  rozi qilmadim,
Farzandingni ismin bilmadim,
Xazon bo’lding parvo qilmadim,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Jonim mening topgan gulimsan,
Lablar titrab tutgan qo’limsan,
Nechun ayro tushding yo’limsan,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Dilbandlarim o’g’il-qizlarim,
Farzandlarim- qolar izlarim,
Boqolmaydi sizga yuzlarim,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim.

Erta turib o’qirdim namoz,
Amallarim muslimlarga xos,
O’sha kunlar qayting iltimos,
Men o’zimdan uzoqlab ketdim

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 820 | Yubordi: Jaloliddin | Joylashtirdi: JET | Reyting: 5.0
JET Servis Хостинг от uCoz