Juma, 5:01 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1200
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
BeryFoer(35), OpTusa(37), Jamesvor(41)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Fevral » 13 » Sevganimni begonaga uzatdilar
Sevganimni begonaga uzatdilar
Kelin-kuyov bahtli, tahtli bo'lsin deya,
Niyat qilib chimildiqni bezatdilar.
Sho'x yangalar o'lanlar-u yor-yor aytib,
Sevganimni begonaga uzatdilar.

Taqdir menga buncha bag'ritosh keldi,
Ko'zim kular yuragimdan yosh keldi,
Yor deganim o'zgaga yo'ldish endi,
Sevganimni begonaga uzatdilar.

Qayda xato o'tdi mendan bilolmadim,
Yuragimni hanjar bilan tilolmadim,
To'yga borib unga baht ham tilolmadim,
Sevganimni begonaga uzatdilar.

Ikkita qilolmadi ota so'zini,
Bevafo deb atamasman hecham uni,
Yoqtirganim yomg'ir mayda yoqqan kuni,
Sevganimni begonaga uzatdilar.

Kelin-kuyov bahtli, tahtli bo'lsin deya,
Sevganimni o'zga uyga kuzatdim men.
Taqdirga tan ne ham qilardim,
Yuragimni armonlarga uzatdim men.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1577 | Yubordi: Shokir Yo'ldosh | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz