Dushanba, 8:53 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1178
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
aziz1(26)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 10 » Shahar
Shahar

Tuni  chiroq  bilan  yorishgan  shahar,
Baribir  oy  bo’lib  to’lolmaysan  sen.
Kuni  shovqin  bilan  qorishgan  shahar,
Bitta  qishlog’imcha  bo’lolmaysan  sen.

Bormi,  a ,  senda  ham  oppoq  soqollar ?
Duoga  qo’l  ochgan  kampirlar  qani ?
To’kilib  bitsa  ham  bari  ohorlar,
Savatlab  non  sochgan  tandirlar  qani ?

Afzaldir  men  uchun  yanog’i   bilan
Quyoshning  taftidan  nur  olgan  qishloq.
Tilla  qo’lidagi  qadog’i   bilan
Qaro  yer  bag’ridan  dur  olgan  qishloq.

Kunlarim  o’tsa – da  bag’ringda  to’lib,
Manguga  sening - la  qololmayman  men.
Suyanch  bo’lolmaysan ,  eh ,  otam  bo’lib,
Onamdek  ko’nglimni  ololmaysan  sen.

Hayoti  farovon ,  gavjum  yo’llari ,
Rivoji  bog’lardek  gullagan  shahar.
Senga  ham  ko’nglim  bor ,  saxiy  qo’llari
Jaloliddinni  ham  qo’llagan  shahar.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 562 | Yubordi: Jaloliddin Umar | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz