Shanba, 5:25 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 626
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 2 » Shaharlik hakkaga
Shaharlik hakkaga

Yuragingda  darding  borga  o’xshaydi,
Devorda  shumshayib  turibsan , yakka.
O’zingni  oldirib  qo’ydingmi  biroz ?
Ahvolingga  qara,  shaharlik  hakka !

Bunchalar  yupinsan,  yoki  ishongan
Do’stlaring  patingni  yulib  ketdimi ?
Atrofga  jovdirab  qolibsan,  gapir,
Ochlikdan  madoring  qurib  ketdimi ?

Shovqinga  parvoying  kelmaydi,  yoki
Hammasiga  yumib  qo’yding  ko’zingni.
Qandoq  yashayapsan,  o  bechora  qush,
Shaharga  qildirib  xafa  o’zingni ?

Undan  ko’ra  mening  qishlog’imga  o’t,
Bog’da  uzum  pishgan,  mehmon  qilaman.
Xohlasang,  oldingga  tarvuzlar  so’yib,
Xohlasang,  sen  uchun  qovun  tilaman.

Ichsang,  obihayot  suvlar  seniki,
Yoqsa  gar,  bir  umr  bizda  qolaver.
Qani  ”quv-v”,  ko’targin  qanotlaringni,
Dehqonobod  deya  uchib  boraver.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 554 | Yubordi: Jaloliddin Umar | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz