Shanba, 5:36 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 850
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 6 » Sog'indim
Sog'indim

Yashnar  bugun  ko’nglim  bog’lari,
O’chib  ketdi  qalbim  dog’lari,
Rayhon  ifor  sochgan  chog’lari,
Muhabbatim,  sizni  sog’indim!

Har  dam  tunda  va  erta  sahar,
Issiq  choyda  erisa  shakar,
Bulbul  jo’shib  sayragan  mahal,
Muhabbatim,  sizni  sog’indim!

Oy  ko’rinib,  quyosh  botganda,
Ari  gulning  bolin  totganda,
Shaddod  qizlar  gaplar  otganda,
Muhabbatim,  sizni  sog’indim!

Qirda  gilam  lolaqizg’aldoq,
Go’zal  biram  lolaqizg’aldoq,
Ko’z  suratga  ovundi,  biroq
Muhabbatim,  sizni  sog’indim!

Qizg’onadi  qish  ham  qorini,
Samolarga  aytib  borini,
Chalganida  ko’nglim  torini,
Muhabbatim,  sizni  sog’indim!

Shamol  nega  bilmas  to’zimni,
Eshitmaydi,  aytsam  so’zimni,
Yo  sog’ingan  faqat  o’zimmi ?
Muhabbatim,  sizni  sog’indim!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1996 | Yubordi: Jaloliddin Umar | Joylashtirdi: JET | Reyting: 4.5
JET Servis Хостинг от uCoz