Shanba, 5:17 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 760
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Aprel » 22 » Tuproq isi
Tuproq isi

Gulning  atri  bo’lak  kapalaklarga,
Bolari  bolidan  nari  ketmaydi.
Parvona  uchun  ham  o’sha  raqsnamo
Issiq  oloviga  bari  yetmaydi.

Quyosh ham  ko’kini  oydan  qizg’onib,
Shafaqni  qon  qilib  botar  har  safar.
Har  gal  eshitilib  chug’ur – chug’uri,
Bodomga  bahormas,  qushlar  gul  taqar.

Darada  tosh  kechib  yurar  jayronlar,
Xohlamas  birovning  maysazorini.
Boshida  ko’tarib  turadi  tog’lar,
So’rasang,  bermaydi  qishda  qorini.

Kimdir  orzu  qilar  burgut  bo’lishni,
Qul  bo’lib  yashaydi  parvoz  hisiga.
Men  esa  alishmam  bari – barini,
Poyimda  yastangan  tuproq  isiga.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 442 | Yubordi: Jaloliddin Umar | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz