Juma, 4:56 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 769
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
BeryFoer(35), OpTusa(37), Jamesvor(41)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Iyul » 26 » Umr
Umr

O'tgan xotiramni varag'lab ochsam,
Yurakda uyg'ondi hayajon,qo'rquv.
U achchiq ko'zguga qaray olmasdan,
Yoshlarim to'kildi ko'zimdan duv-duv.

Birinchi ko'rindi tug'ilgan kunim,
Padarim baxtiyor,onam esa shod.
Ming bir umid ila qo'ymishlar ismim,
"Toki umrimizni aylasin obod".

Yana ko'rindilar,har xil voqe'lar,
Baxtli bolaligu,o'ksik bolalik.
Bir dilni qalqitdi u olis damlar,
Shamolday yelarmu umr shunchalik?

Maktab chog'larimning betini ochsam,
Qayg'uli,mungli ko'z yig'lab turibdi.
Ajab,qiziqmasdan bor dunyoga u,
Mehribon bir mehr izlab yuribdi.

Hatto bir lahzaham baxtni tuymasdan,
Shu dard-la o'tibdi betakror damlar.
Osmonga talpingan mushtdek yurakning,
Qanotin kesmishlar sanoqsiz g'amlar.

Deydilar: Sevgini "Umr guli" deb,
"U yashnashi go'zal bahor faslisa.
U shirin hayotga tortiq etar zeb,
Sevgi-la go'zaldir hayot aslida".

Gul-gun hayotimning bahor chog'lari,
Dilimni uyg'otdi sevgi shamoli.
Nazdimda kashf etib sehirli olam,
Unda ko'p sayr etdim bo'lib xayoli.

Tuyganmisiz siz ham yoshlik chog'larda,
Shirin tuyg'ularning eng sarasini?
Muhabbat labidan so'lim bog'larda,
Totganmisiz bolning shirin ta'mini?

O'tkinchi dunyoda omadi kulib,
Kim sevsa, sevilsa baxtga to'larkan.
Yurakka ilk sevgi g'uncha ocholmay,
Armonga aylansa yomon bo'larkan.

Oshiqlar jonini olovga yoqqan,
Shu og'ir dard bilan men ham "Siylangan".
Orzular bo'g'zimda tosh bo'lib qotib,
Yuragim hijronga mahkum qilingan.

Lekin men yashadim,ko'kdan ko'z uzmay,
Baxtimning visolin tun-u kun poylab.
Manzil sari yo'lim adashtirmadim,
Hayotga ishonchni qalbimga joylab.

O'ngimdan so'limga boqib ulgurmay,
Bahorning anchasi ortda qolibdi.
Etagim uchini ushlab sezdirmay,
Ikki juft qora ko'z porlab turibdi.

Voajab, shuncha umr yashabman qandoq?
Ich-etim qo'rquvdan yonib bormoqda.
"Olloh-chun bir kuning sarfladingmi"deb,
Vijdon yuragimni so'roq qilmoqda.

Umr degani bu,shamchiroq dek gap,
Haqning qo'llari-la yoqib qo'yilgan.
Kun kelib muddati yetib kelgan choq,
"Lip"etib noxostdan o'chib qolarkan.

Hovliqmang,do'stlarim ulg'aymoqqa hech,
Qismat o'yinlari ulg'aytirajak.
Ezgulik muhimdir hayotda zero,
Umr o'tajakdir,umr o'tajak.

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1779 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz