Seshanba, 7:53 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 545
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Felodelfiya(28), SretNag(44), Maupiferm(40)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Yanvar » 28 » Vatanimsan
Vatanimsan
Ona o’lkam diyorimsan, g’ururimsan vatanim,
Bilak kuchim, qalb qo’rim, shuurimsan vatanim.
Sening madhingni kuylab, zavq olar mening tanim,
Ishda g’oya ishorim, ko’ nurim vatanimsan.

Tuproqlaring serhosil, oltinga etgum qiyos,
Mehnatkashxalqim border,diyonatli beqiyos.
Shaharlaring serjilo, ko’rganlar qilar havas,
Tengi yo’q bu zaminda, mehribon vatanimsan.

Temir yo’llar yastanib, oshdi tog’lar belidan,
Olim, shoir, daholar, qalam tushmas qo’lidan.
Dono yurtdoshimiz bor, xabardor el holidan.
Boshingda gul tojing bor, tabarruk vatanimsan.

Har davlatda hilpirar,sening elchi bayrog’ing,
Do’stlaring ko’paymoqda, gullayapti har yog’ing.
Bu dunyoning jannati, yashnagan gul oshyoning.
Jannatimsan ham fahrim, sevikli vatanimsan.

Shaharlar ko’rkiga butun olam qoyil-da,
Kelgan qancha sayyohlar, zavqlar qilar saylda.
Ajdodlarning qabriga marmar toshlar qo’yildi,
Har ishim yarashiqli, sen mening vatanimsan.

Ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy, Matrudiy,
Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Termiziy.
Ulug’bek,Xo’ja Asror, Olloyor, al-Beruniy,
Ulug’larni yetkazgan, sen mening vatanimsan.

Shoiringman ey vatan,men madhingni kuylayman,
O’zbekiston nomingni qalb to’riga joylayman.
Olim,daholaringni hurmatlayman, siylayman,
Jonajon ona yurtim, bebaho vatanimsan.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1652 | Yubordi: Do'stmurod Normurodov | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz