Payshanba, 2:39 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [454]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [126]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 543
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
YILDIZ(30), Eugenyaen(36), AwwaKida(35), HaroldTap(42), woledPat(42)
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Sentyabr » 21 » Yur ko'klarga uchamiz
Yur ko'klarga uchamiz

Yur, ko'klarga uchamiz,
Oymomoni quchamiz.
Chaqmoq bo'lib, o't bo'lib,
Olamga nur sochamiz.

Ko'ngillarni yoritib,
G'amlarini quvamiz.
Ko'z yoshlarni aritib,
Baxt shahrini quramiz.

Kel, dunyoni kezamiz,
Bizga yo'llar muntazir.
Kel, hammadan o'zamiz,
Galimiz kelgan axir.

To'xtab qolma yuragim,
Chekinmagin ortga hech.
Keldi go'zal zamona,
Baxt iqbolga quchoq och.

Oltin zamon, bu zamon,
Yorqin zamon, buzamon.
Ezgu maqsadlar uchun,
Yonib yashaylik har on.

Jismimiz kuchga to'la,
Imkonni boy bermaylik.
Yoshlik o'tib ketsa gar,
Afsus qilib yurmaylik.

Yur, cho'qqiga chiqamiz,
Kuchimizning borida.
Do'stlarga qo'l siltaymiz,
Buni ham gashti bor-da.

Turli bohona izlab,
Nolimagin, ey yurak.
Oqqush kabi ozodmiz,
Bizga yana ne kerak?

Jimjit-jit yashash yashashmi?
Yurt uchun nedir qilaylik.
Faxr, iftixor bo'lib,
Yuraklarda qolaylik.

Yur,ko'klarga uchamiz,
Oymomoni quchamiz.
Chaqmoq bo'lib, o't bo'lib,
Olamga nur sochamiz.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1355 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz