24-10-2020, 1:56 AM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Login:
Parol:
Portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 775
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Hassjeds(42), MarinaCob(36), EvgeniyZem(36), Vasiliybem(33), Beverlyliers(44)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Ayriliq damlari

Ko'rgim kelar sizni negadir...
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Dunyo mening ko'zlarimga tor bo'lib ketdi...Ha, sog'indim! Bularning bari ahmoqona so'zligini qalbimning tub-tubidan his etib turgan bo'lsam-da, tan olishga majburman!SOG'INDIM! Juda-a-a. Bu dunyoda qalbimni egallashga, uning sir-asrorlariga, g'am-tashvishlariga sherik bo'lishga arzigulik inson deb bilganim yolg'iz inson sen eding. Bu haqiqat. Balki, vaqtida shuni tushunib yetmagandirman. Yo'q, tushunganda ham ikki martalab tushunib yetgandim, ammo...Kel, shu payt yana o'sha tashvishli kunlarni qayta yodga olmaylik. Hammasi o'tmishga aylanganiga ancha bo'ldi. Deyarli bir hafta: Shu o'tgan vaqt ichida o'zimni ovutishga, chalg'itishga qancha harakat qildim.
"Choliqushi"dagi kabi "sariq gul"larga ishim tushdi. Baribir, ular ham yechim bo'la olmadi. Komronda-ku, "sariq gul" vaqtinchalik vosita bo'lgan edi, natijaga erishish yo'lida. Men esa, butunlayga vosita qilmoqchi bo'ldim. Bo'lmadi...Bugun yana seni yodga oldim. Bariga kech bo'lganini tushunib turgan bo'lsamda...
Dunyoning ishlari ko'p qiziq ekan:
Adog'siz yo'li ko'p, kutganing - sarob.
Yoqtirgan kishingning xayoli boshqa.
Necha kishi bu yoqda seni deb sarson.

Qadaming kutarlar, so'zingga ilxaq.
Sen deb o'tga-cho'qqa urarlar o'zin...
Qalbingda ularga BAXT tilasang-da,
O'shal olis yulduz kuydirar ko'zing...

Qani edi, hozir butun dunyo tashvishlarini bir chetga otib, sen bilan yolg'iz qolsam. Hayolimga bot-bot keltiradigan manzaram kabi bir yerda - atrofi ulug'vor tog'lar va bir tomondan ko'm-ko'k o'rmon bilan o'ralgan ko'lda, musaffo osmon ostidagi yolg'iz qayiqda. Bir-birimizning ko'zlarimizga termulgan holda. Dildan, miriqib suhbatlashsak. Hamma narsa haqida. Yuragimizga to'lgan zardoblardan umrbod qutulsak...
Bugun qadringga yana bir marotaba yetdim. Sendan uzoqda. Atrofimda har xil kimsalar bilan hamnafas yashab turgan chog'imda. Har xil kimsalarki, ularning orasida, shu klaviaturamdan bo'lak, qalbimni ocha oladiganim yo'q. Klaviatura ham, yozganimni jimgina oq ekranga qayd etishdan boshqaga yaramaydi. Shunisiga ham shukr. Aksincha, yorilib ketarmidim, bilmadim...
Seni qadring o'tyapti, malikam. Qaniydi, boshni-boshga urib, dardlashsak. Alloh nasib etmagan ekan. Aksincha, seni boshimda ko'tarib yurardim, gard qo'ndirmay. Dunyodagi eng baxtli oila bo'lardik.

Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Sunbula_ (13-03-2007) | Автор: Sunbula Axmedova
O'qishlar soni: 2435 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz