17-04-2021, 10:23 PM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Login:
Parol:
Portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 549
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Warnersl(41), Olegvep(35), FedorItern(34), ccbecFretir(37), Jameshig(35)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Ayriliq damlari

Olti yil qiynagan savol...
Meni chindan ham sevarmiding?... mana, olti yil bo’libdiki,shu savol meni qiynaydi. Universitetda birga o’qib yurgan paytlarimda senga qalbimni ocholmaganim uchun haligacha o’zimni ayblayman. O’shanda sening qaltis javob berishingdan qo’rqqanman. To’yingga taklifnoma berganingda ko’zlaringdagi yoshni ko’rganimda esa songgi pushaymonim o’zimga dushman bo’ldi. Sen oq libosda o’zga uyning ostonasiga qadam qo’yding. To’ying kuni telbaga aylandim. Ko’zlarimga yosh quyilib keldi. Uylanganimga ikki yil bo’lyapti. Hatto rafiqamning menga bahshida etgan mehri ham seni unutishimga sababchi bo’lolmadi. Uni juda hurmat qilaman, biroq qalbim… ayt-chi, sen ham meni sog’inasanmi? Yoki meni butkul unutdingmi? Yo meni o’zingga shunchaki do’st deb bilarmiding? Haqiqiy muhabbat bir umr inson qalbini tark etmas ekan. Buni endi tushunayapman. Balki o’shanda sevgim rad etilganida seni unutarmidim. Ammo bu bechora muhabbat arosatda qolib ketdi. Menga nisbatan na ko’ngling borligini bildim, na befarqligingni… Bu savolim toki javob topmas ekan, dilim seni yana qo’msayveradi. Bir kun kelb seni uchratarman. Balki ko’zlaringdagi mehrni ko’rarman, balki…
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Sunbula_ (07-04-2007) | Автор: S
O'qishlar soni: 1984 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz