19-05-2021, 0:41 AM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Login:
Parol:
Portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 778
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
MichealnIb(41), OlgaHek(38), Joshuamick(37), Axerbind(45), FytCync(33), Vladimircaurn(43)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Ayriliq damlari

Nigohlar...
Nigohlar… baxtdan masrur, sevgidan mast, mehru vafoga, sadoqatga, muhabbatga limmo-lim nigohlar. Armonga, azobga, jabr-stamga, g`amga, mo`ng, o`kinch, pushaymonga yo`g`rilgan ma`yus, mahzunnnigohlar. Kinoyaga, masxaralashga, mantiqsiz kamsitishlarga, “ajab bo`pti”, “hali ko`ramiz holini” kabi tig`larga makon nigohlar…
Iliqligi bilan yashashga undovchi rahm-shafqat, minnatdorlik, ezgulik nuri bilan boquvchi, qalb qo`ridan sizni-da, bahramand etuvchi ma`sum, ammo samimiy nigohlar. “Ichki dunyo ko`zgusi-ko`zlar” deyishadi, ko`zi kulgan kishining ba`zan borlig`I yig`lab turadi degan iboralarni esitib qolaman. Rostdek tuyuladi. “Kulgu o`zgalardan g`amni yashirish uchun niqob hisoblanadi”.
Insonga bu besh kunlik dunyoda faqat yaxshi yashash, chiroyli kiyinishga, katta lavozimilarda ishlashga intiladi. Puli, boyligi ko`p bo`lishini istaydi. Ko`pchiligimiz xudbinmiz. Har qanday bo`lsa-da, maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. O`zgalar lavozimiga hasad bilan qaraymiz. Ana shu tuyron ko`zlarimiz bilan odamlar aybu nuqsonini qidiramiz, ozgina nishon topgudek bo`lsak, o`zimizni osmon-u falakda his qilamiz. Farishtadek beozor ko`rinishga urinamizu, atrofga, odamlarga bepisand, istehzoli nazar tashlaymiz.
Og`iru-yengilimizni kaftida ko`tarib yurgan zaminga emas, u olis osmonga qarab yuramiz. Shon-shunrat, mansab, kalondimog`lik kursilari itqitganda esa ko`ksimiz to`la pushaymon, afsus bilan ona yerga ta`zim qilamiz, chunki barcha gunoh-u, nuqsonlarimizni ana shu kamtar tuproq yashiradi-da. Baxt boshimizni ko`tarib qo`ysa, uni ezg`ilab aylanaveramiz, aylanaveramiz…
Ko`kka intilib, oyoq tagidagi toshga to`qishib yiqilganimizda tosh qolib, yerni tepamiz. Chunki u yumshoq, yomonlikka yomonlik qaytarishdan yiroq xilqat. Baribir, negadir, pastga tushgimiz, ertaga yerdan ham chuqurroqda qo`nim topishimiz haqida bilgimiz kelmaydi.
Umar Hayyom aytganidek: “Tuproqdan yaralgan, yana tuproqqa qaytishni o`ylamagan odamzod” nigohlarda mag`rurlik tug`iladi, yashaydi, o`ladi.
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 (08-11-2007) | Автор: Sitora
O'qishlar soni: 2218 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz