22-09-2023, 2:23 AM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Login:
Parol:
Portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 789
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
dilusya(39)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Dil izhori

Yashirin muhabbat...
Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, bir yarim yildan buyon siz bag’ritoshni kutaman. Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz… Sizni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening murg’ak qalbimni yaraladingiz. Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sizning yuragingizdan o’zga qizning muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Siz bir umrga mening qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasiz.

Men sizni intizor kutib yashayman,
Sog’inchim yurakka yutib yashayman.
Hijron kabutarin yaralariga
Orzulardan malham tutiib yashayman.
Kategoriya: Dil izhori | Joylashtirdi: Sunbula_ (07-04-2007) | Автор: S
O'qishlar soni: 4034 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz