Har yurak urushida aytilgan so'z...
Azizam, tanishganimizga ham mana bir yil bo’libdi. Shu bir yil ichida biz bir-birimizga juda qattiq bog’lanib qoldik. Esingdami, bundan roppa-rosa bir yil oldin senga sevgi izhor qilganimda, beihtiyor ko’zlaringga yosh kelgandi. O’shanda ilk bor sening qo’lingdan tutib, bag’rimga bosgandim. Sen esa jimgina ko’ksimga bosh qo’yganding. Biz bir-birimizning yurak urushimiz naqadar tezlashganini sezganmiz ilk bora. Sen savolimga javob bermaganding. Ammo, men uchun kerakli so’zni yuragingning har bir urushi takror va takror aytardi. Bilsanmi, dunyoda bizdan bahtli sevishganlar bo’lmasa kerak. Chunki shu bir yil davomida yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham sen doim yonimda bo’lding. Meni tashlab ketmading. Buning uchun sendan minnatdorman. Shuni bilginki, to tirik ekanman, hech kim seni mendan tortib olomaydi.
|
Kategoriya: Dil izhori | Joylashtirdi: Sunbula_ (07-04-2007)
| Автор: S
|
O'qishlar soni: 3063
| Reyting: 5.0
|