Salom. Yana senga maktub yo'llamoqdaman. Bilaman sen bu maktubni balki o'qimassan, balki o'qib bo'lgach nazaringa ham olmay yirtib tashlarsan. Bilmadim. Lekin senga nima sababdan maktub yo'llayotganimga o'zim ham hayronman. Ahir sen meni tashlab, o'zgani dedingku, muhabbatni o'yinchoq qilding. Buni esa men kechira olmas edim. Seni o'z hayotimdan o'chirib tashlamoqchi bo'laman. Lekin senga bo'lgan yurakdagi o'sha muhabbat o'tining so'ngi iliqliklari sen tomonga meni chorlayveradi. Nima qilay, sendan nafratlansamda, lekin senga bo'lgan muhabbatim meni azoblayveradi. Kechalari uyquni ham o'g'irlagan go'yo. Muhabbat... Ex, qaniydi hammasini unutib seni oldinga borib, seni yana avvalgiday bag'rimga bossam. Lekin... Lekin buning hech ham ilojisi yo'q. Chunki sen muhabbatni boylikka, o'tkinchi bir chiroyga almashding. Senga shuni aytishim mumkin. Vaqti soati kelib balki afsuslanarsan. Bilib qo'y, o'shanda men o'zgargan bo'laman. Avvalgi seni jonidan ortiq ko'ruvchi inson emas, balki hayotda faqat oilasi, yaqinlari, sevimli ishi uchungina jon kuydiruvchi inson qoladi. Qolgan barchasi begona...
Maktub so'ngida quyidagi bir so'zni senga bo'lgan o'sha yuragimdagi iliqlik yozishga majbur etdi.
"Men bilanmi, o'zga bilanmi, baxtli bo'l. Faqat bir narsani unutma. Hiyonat bilan o'z baxtingni yo'q qilma!"
Omon bo'l...
Seni unutolmay azobda..............
|