21-01-2018, 6:44 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Qalb satrlari
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Login:
Parol:
Portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 853
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
jorabek(29), Petrvep(33)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari

Barcha Qalb satrlari: 69
Ko'rsatilgan Qalb satrlari: 51-60
Sahifalar: « 1 2 ... 4 5 6 7 »

Shitirlab yog’ayotgan yomg’irlarning har tomchisi tinmay gul barglarini yuvar, go’yo bu yomg’irlar menga siz bilan bog’liq o’sha hotiralarni yodga soladi. Bejo urayotgan bu yuragim esa negadir bezovtalanar, qalbim aynan o’sha men qo’rqqan so’nggi daqiqalar yaqinlashib kelayotganini his qilmoqda edi…
Ayriliq damlari | Просмотров: 1658 | Muallif: S | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 07-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

Meni chindan ham sevarmiding?... mana, olti yil bo’libdiki,shu savol meni qiynaydi. Universitetda birga o’qib yurgan paytlarimda senga qalbimni ocholmaganim uchun haligacha o’zimni ayblayman. O’shanda sening qaltis javob berishingdan qo’rqqanman. To’yingga taklifnoma berganingda ko’zlaringdagi yoshni ko’rganimda esa...
Ayriliq damlari | Просмотров: 1299 | Muallif: S | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 07-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

Azizam, tanishganimizga ham mana bir yil bo’libdi. Shu bir yil ichida biz bir-birimizga juda qattiq bog’lanib qoldik. Esingdami, bundan roppa-rosa bir yil oldin senga sevgi izhor qilganimda, beihtiyor ko’zlaringga yosh kelgandi. O’shanda ilk bor sening qo’lingdan tutib, bag’rimga bosgandim. Sen esa jimgina ko’ksimga bosh qo’yganding
Dil izhori | Просмотров: 1663 | Muallif: S | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 07-04-2007 | Reytingi: 5.0/1

Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, bir yarim yildan buyon siz bag’ritoshni kutaman. Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz…
Dil izhori | Просмотров: 2006 | Muallif: S | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 07-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

Muhabbat olamining mungli ertagida bir kun o’z hayollarim, hotiralarim va sevgim bilan yolg’iz qoldim. Balki sizdagi menga bo’lgan ishq ham, sizning yuragingizda… Yo’q, yo’q, nimalar deyapman o’zi! Ahir, ishq ruhingizga singib, yuragingiz sizni tark etganku… Bu ne sinoat, taqdir meni umrbod ayriliqqa duchor aylasa? Mangu hijron, umidsiz qalb va adog’I yo’q sog’inch…
Ayriliq damlari | Просмотров: 1643 | Muallif: S | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 07-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

Сени учратганимдан буён дунё кузимга бикиёс ва мафтункор куринмокда. Сен
хар куни утадиган кучалар каминага жондан азиз. Азизим, факат соф калбинг, гулдек хуснинг, сенга ярашган ибо-хаё, яхши кизлигингдан дарак берувчи ижобий фазилатларинг мени аллакачон «Севги асири»га айлантирган.
Dil izhori | Просмотров: 1963 | Muallif: S | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 30-03-2007 | Reytingi: 5.0/1

Meni sevmagan sevgilim! Ahvollaringiz qalay? Kimgadir cheksiz baht, yana kimgadir achchiq alamli iztiroblarni tuhfa etib yuribsizmi? Shular qatori meni ham sog’inch azobining qo’llariga yolg’iz tashlab ketdingiz. Osmon – osmon vadalarni berdingizu, ammo oddiygina vafoli yor bo’lolmadingiz. Ikkimizga yetadi digan sevgingiz yolg’iz o’zingizga ham yetmadi. Gohida sizni o’ylamayman ham, lekin gohida esa sog’inchlarim oldida ojiz bo’lib qolaman. Menga bunchalik bag’ritosh bo’lmagin derdingiz –u, lekin, o’zingiz...
Ayriliq damlari | Просмотров: 1545 | Muallif: Sunbula Axmedova | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 23-03-2007 | Reytingi: 0.0/0

Nega inson ko’pincha birnchi muhabbatiga erisholmaydi? Hech o’ylab ko’rganmisiz?
Ayriliq damlari | Просмотров: 1725 | Muallif: Sunbula Axmedova | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 23-03-2007 | Reytingi: 5.0/3

Uni begona qiz bilan ko’rdim-u...
To’g’ri men uni hali sevishga ulgurmagan edim, ammo uni hurmat qilardim. Meni chin dilidan sevadi, deb o’ylagandim. O’ylaganlarim hato ekan. Uning shuncha yonib-kuyishlari aslida yol’gon ekanini mana endi tushunib yetdim.
Ayriliq damlari | Просмотров: 1364 | Muallif: Sunbula Axmedova | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 21-03-2007 | Reytingi: 0.0/0

Men sizni yana uchratdim. Ammo… sizning yonigizda jajjigina qizaloq bor edi. Ha, bu sizning qizalog’ingiz. Ko’zlarimiz to’qnashdi… Siz mendan ko’zlaringizni olib qochdingiz. Men bo’lsam sizdan ko’zlarimni uzolmasdim. Qalbimning tub-tubida uhlab yotgan eng pok tuyg’ularim uyg’ondi va isyon ko’tardi. Chiday olmadim…
Ayriliq damlari | Просмотров: 1451 | Muallif: Sunbula Axmedova | Joylashtirdi: Sunbula_ | Дата: 21-03-2007 | Reytingi: 0.0/0

JET Servis Хостинг от uCoz