Biografiyalar - ..:: Sheriyat.uz ::..

G'afur G'ulom
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug’ilgan. “Shum bola” (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

“Dinamo” (1931), “Tirik qo’shiqlar” (1932) to’plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o’ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg’ular “Qish va shoirlar” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylov” (1937), “Men Yahudiy” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi” (1945) singari she’rlarda aks etdi.

“Bog’” (1934), “Sog’inish” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko’chatlar” (1948) singari she’rlarida obod bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G’afur G’ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik Ota timsolida aks etgan “Sen yetim emassan” (1942), “Sog’inish” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizga” (1947), “Bahor taronalari” (1948) singari she’rlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari, “Hiylai shar’iy” (1930), “Mening o’g’rigina bolam” (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini (“Navoiy va zamonamiz” (1948), “Folklordan o’rganaylik” (1939), “Jaloliddin” dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941)) yoritib berdi.

«Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Shoir G’afur G’ulom 1966 yilning 10 iyunida vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn etildi.

Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Abdulla Oripov
Biografiyasi

Tavalludi: 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻilgan.

Taʼlimi: 1963-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini imtiyozli tamomlagan.

Faoliyati: Turli nashriyotlarda muharrir, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir, uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlib ishlagan.

Mukofotlari: 1998-yilda adabiyot va jamoat fondidagi beqiyos xizmatlari uchun oliy unvon — "Oʻzbekiston Qahramoni" medali bilan taqdirlangan.

Vafoti: 2016-yil 5-noyabrda AQShning Xyuston shahrida ogʻir xastalikdan vafot etgan va Toshkentdagi „Doʻmbrobod“ qabristoniga dafn etilgan.

📚 Ijodiy Ishlaridan Namunalar

Abdulla Oripov oʻzbek sheʼriyatiga teran falsafiylik, milliy gʻurur va ijtimoiy dardni olib kirdi. Uning "Tilla baliqcha", "Yuzma-yuz", "Ayol", "Sohibqiron" (dramatik doston) kabi asarlari oʻzbek adabiyoti xazinasidan munosib oʻrin olgan. Shuningdek, u jahon adabiyoti durdonasi — Dantening "Ilohiy komediya" asarini oʻzbek tiliga bevosita yuksak mahorat bilan tarjima qilgan.

Erkin Vohidov
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1987), O’zbekiston Qahramoni (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1960). Ilk she’riy to‘plami — «Tong nafasi» (1961). «Qo‘shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Muhabbat» (1976), «Tirik sayyoralar» (1978), «Ruhlar isyoni» (1979), «Sharqiy qirg‘oq» (1982), «Kelajakka maktub» (1983), «Bedorlik» (1985), 2 jildli saylanma («Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma», 1986), «Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi asarlar muallifi. «Yoshlik devoni» (1968)da mumtoz o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirgan. Dramalari ham bor («Oltin devor», 1969; «Istanbul fojiasi», 1985). I. Gyotening «Faust» asarini, S. Yesenin («Zamin darg‘asi») va boshqa shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni soxibi (1997). Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2016 yil 30 may kuni vafot etgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi, Boburiylar sulolasi hamda imperiyasi asoschisi.

Hayot yo'li va Siyosiy faoliyati

Tug‘ilishi: 1483-yil 14-fevralda Andijonda, Farg‘ona viloyati hokimi Umarshayx Mirzo oilasida tug‘ilgan. Temuriylar sulolasiga mansub bo‘lgan.

Hokimiyatga kelishi: 1494-yilda, otasining vafotidan keyin 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tirdi.

Samarqand uchun kurash: Temuriylar poytaxti Samarqandni birlashtirishga ko‘p bor urindi, biroq Shayboniyxon boshchiligidagi o‘zbek xonlari bilan kurashda yengilib, Movarounnahrni tark etishga majbur bo‘ldi.

Kobul amirligi: 1504-yilda Kobulni egallab, u yerda kuchli davlat tuzdi.

Hindiston fathi va Imperiya: 1526-yilgi Panipat jangida Dehli sultoni Ibrohim Lodiyni yengib, Hindistonda Boburiylar (Buyuk Mo‘g‘ullar) imperiyasiga asos soldi.

Vafoti: 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan. Keyinchalik vasiyatiga ko‘ra xoki Kobulga ("Bog‘i Bobur"ga) ko‘chirilgan.

📚 Adabiy va Ilmiy merosi

"Boburnoma": Uning shoh asari bo‘lib, jahon axborot-tarixiy va badiiy adabiyotining noyob namunasidir. Unda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston tarixi, tabiati va xalqlari haqida qomusiy ma'lumotlar berilgan.

She'riyati: Navoiydan keyin lirik she'riyat (g‘azal va ruboiylar) janrini eng yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. Uning ijodida vatan sog‘inchi va muhabbat mavzulari yetakchilik qiladi.

"Xatti Boburiy": Arab alifbosiga asoslangan yangi yozuv turini kashf etdi.

Boshqa asarlari: Islom huquqshunosligiga oid "Mubayyin", she'riyat san'ati haqidagi "Aruz risolasi" va "Xarb ishi" kabi asarlar yozgan.

Alisher Navoiy
Alisher Navoiyning ijod yo’li
Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o’zini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab o’tdi . Qadim zamonlardan , shu jumladan, Navoiy yashagan davrda ham Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo’lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelgan, aholisining asosiy qismini turkiy xalqlar tashkil etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy tili “Andijon shevasi bilan rost” ligini aytadi. Binobarin, biz – o’zbeklar turkning eng qadim bo’g’inini tashkil etgan va bugun o’zbek millati bo’lib shakllangan xalq buyuk Navoiyning bevosita vorislaridirmiz. Navoiydek jahoniy zotga avlodlik va vorislik hissi har bir o’zbekning qalbini g’urur va iftixor tuyg’ulari bilan to’ldiradi.

Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Ko’p o’tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o’tiradi. Alisherning otasi G’iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa, o’qishini davom ettiradi. Bo’lajak shoir Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo’ston” asarlarini sevib o’qiydi. Ayniqsa, Farididdin Attorning qushlar tilidan hikoya qilingan “Mantiq ut-tayr” asari Alisherning o’y –xayolini tamom egalab oladi. U odamlardan yotsiraydigan, xilvatni yoqtiradigan bo’lib qoladi. Bu holdan uning ota-onasi tashvishga tushadilar va kitobni yashiradilar. Lekin bu foydasiz bo’lib chiqadi. Kitob Alisherga tamom yod bo’lgan edi. “Mantiq ut-tayr” xayoli Alisherga bir umr hamroh bo’ldi. Umrining so’ngida esa, “Lison ut-tayr” nomi bilan unga javob yozdi. Bo’lajak mutafakkirining sevib o’qigan shoirlari yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy edi.

1453-yilda Alisherning otasi G’iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so’ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st – Husayn va Alisher yana birga bo’ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o’qish va ilm egallash yillari bo’ldi. She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7 – 8 yoshlarida she’r yoza boshladi.O’zbekch she’rlariga “Navoiy”, forscha she’rlariga “Foniy” taxallusini qo’ydi. 15 yoshlarida she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi.

1457- yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etdi. Uning o’rnini Abusaid Mirzo egalladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho’ng’ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o’qishni davom ettirdi. 1464-yilda Hitotga qaytib kelgan shoir hayotida noxushliklar boshlandi. Abusaid Mirzo taxtga da'vogar Husayn Boyqaroning yaqin kishilarini ta’qib ostiga oladi. Alisherning ota mulkini musodira qiladi, tog’alari Kobuliy va G’aribiylarni qatl ettiradi.

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu yerga kelish sababini turlicha ko’rsatadilar. Tarixchi, Navoiy haqidagi “Makorim ul-axloq”-“Yaxshi xulqlar” nomli maxsus asarning muallifi Xondamir uni o’qish uchun keldi, deydi. Zahiriddin Bobur esa Abusaid surgun qildi, deb ma’lumot beradi. Har ikkalasi uchun ham asos bor, albatta.

Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to’plab, “Devon” tuzdilar. Bu kitob bugun “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir. 1469-yilda Hirot taxtiga Husayn Boyqaro chiqdi va Samarqandga xat yo’llab , maktabdosh dosti Alisher Navoiyni o’z yoniga chaqirib oladi. Davlat ishlariga jalb etadi, muhrdor qilib tayinlaydi. Shu tariqa, buyuk shoir Husayn Boyqaro saroyida 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo’lib ishladi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko’rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayaniladi.

Alisher Navoiy she’rini, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham ijod qilishni to’xtatmadi. 1472 – 1476- yillarda “Bado’yeul bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), 1476 – 1483- yillarda “Navodirun nihoya” (“Nihoyasiz nodirliklar”) nomlari bilan ikki devon tuzdi.
1483 – yilda turkiy tilda birinchi bo’lib Nizomiy Gankaviydan keyin hech qaysi shoir yozmagan “Xamsa” yozishga kirishdi va juda qisqa muddat – ikki yilda besh yirik dostondan iborat “Xamsa” ni yozib tugatdi. Bular “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dir. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo’r shodliklar bilan qarshi oldi. Abdurahmon Jomiy Navoiy “Xamsa” siga yuksak baho berdi. Husayn Boyqaro buyuk shoirni o’zining oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib, Hirot ko’chalarini aylantirdi.

Alisherning shoh qoshida oshib borayotgan mavqe’- e’tibori saroydagi Majididdin boshliq bir guruh el haqidan xazar qilmaydigan amaldorlarni tashvishga solib qo’ydi. Ular shohning adolatlattalab amirini ko’zdan uzoqroqqa jo’natish yo’lini izlay boshladilar va bunga muvaffaq bo’ladilar. Shoir 1487-1488-yillarda Astrabotga hokim tayinlanib, poytaxtdan uzoqlashtirildi.

1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali yillar bo’ldi. Shoir “Xamsa”dan keyin bir qator nasriy asarlar yaratdi. 1488-yilda “Tarixi mulki Ajam” asarini yozdi. Shu yillar Navoiyning yaqin do’stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher(1489), Abdurahmon Jomiy(1492), Pahlavon Muhammad(1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bag’ishlab “Holati Sayyid Hasan Ardasher”, Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holati Pahlavon Muhammad” asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo’lib, shoirning ulug’ zamondoshlari haqidagi memuar-xotiralaridan tashkil topgan edi.

1491-yilda shoir muammo janriga bag’ishlangan “Risolai muammo” asarini yozdi.Muammoni tuzish va yechish yo’llarini ko’rsatdi. Navoiy zamonasida muammo, asosan, fors tilida yozillardi. Navoiy o’zbek tilida muammo yozgan ilk o’zbek shoirlaridan bo’ladi. Shoirning 52 o’zbekcha, 500 forscha muammosi bor.
Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishi bo’ldi. To’rt devondan iborat bo’lgan bu ulkan sheriy to’plam shoirning turkiy tilda yozgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi.

Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o’rin oldi. Mustaqil O’zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O’zbekiston Davlat mukofoti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O’zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo’jaliklari ulug’ shoir nomi bilan ataladi. Alisher Navoiy o’zbek tili asoschisi va davlat arbobi buyuk mutafakkir olim sifatida barcha turk elatlar yodida asrlar davomida saqlanajak!