.: She'riyat olami :. portaliga xush kelibsiz - Bosh sahifa
08-12-2016, 10:04 PM
 
Xush kelibsiz, Mexmon
Portal menyusi
Kirish formasi
Login:
Parol:
Bizning banner
Portal do'stlari
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 6
Mexmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
ferede(19)
 Bosh sahifa

Salom aziz mehmon!

Portalimizga tashrif buyurganizdan bag'oyatda hursandmiz. Portal haqida to’xtalib o’tsak. Bu portal she’riyatga oshno qalblar uchun yaratilgan, siz unda she’rlar, monologlar, hamda san’atkorlarimiz tomonidan kuylanayotgan qo’shiqlarning so’zlari bilan tanishishingiz mumkin. Portalimizda qiziqarli testlarni yechish bilan birgalikda unda berib borilayotgan qizqarli ma’lumotlardan bahramand bo’lishingiz mumkin. Shuningdek bizda ro’yhatdan o’tib, yangiliklardan habardor bo’lib turishingiz, hattoki o’zingizning yozgan she`r hamda badiyalaringizni bizning portalimizda joylashtirishingiz mumkin. Bu haqda keyinroq batafsil to’xtalib o’tamiz. Qisqa qilib aytganda portalimizda siz uchun har tomonlama qulaylik yaratilgan va u albatta ko’nglingizdan munosib joy egallaydi degan umiddamiz. Portalimizga baho berishni esa sizni hukmingizga havola etamiz.

Qani endi, sahifalar sari olg’a…!!!



Siz uchun ajoyib yangilik!

Siz ham ijodkormisiz? Siz ham choshgoh paytlari ilhom kelganda badiyalar-u, sheriyat olamiga sayr etasizmi? Aynan shu sayr paytlari o'z-o'zidan dilingizdan otilib chiqib qalam uchida bitilajak ijod mahsullaringizni bizning portalimizdan o'rin egallashini istaysizmi? Endi sizda bunday imkoniyat mavjud! Buning uchun portalimizning Ilhom chashmalari bo'limiga tashrif buyuring. Ushbu bo'lim orqali siz o'z ijod namunalaringizni ya'nikim she'r hamda qalb satrlaringizni bizga yo'llagan holda, portalimizda joylashtirishingiz mumkin bo'ladi.


She'riyat sayti endilikda portal darajasiga yetishganligi bois, biz unda siz azizlar uchun Fayllar katalogini tashkil etdik. Ushbu bo'limda siz muhabbat hamda sevgiga oid fayllarni ko'chirib olish imkoniga ega bo'lasiz.


Siz uchun eksklyuziv yangilik. Endi bizning portalimizdagi she'rlarni nafaqat o'zingiz o'qishingiz, balki o'zingizga yaqin bo'lgan insonlarni ham maftunkor she'rlardan baxramand qilish imkoni tug'ildi. Aytganday, nafaqat she'rlar, balki She'riyat sahifasida ochilgan yangi SMSkalar bo'limidan o'zingizga maqul bo'lgan SMSni portalimiz orqali jo'natishingiz mumkin.


Endilikda Ohanglar bo'limida "AUDIO TIME" bloki o'z ish faoliyatini boshladi. Ushbu blok orqali siz bugungi kunda honandalarimiz tomonidan kuylanayotgan yangidan-yangi qo'shiqlarni tinglashingiz mumkin. Maroqli dam olishingizni tilab qolamiz!


Saytimiz foydalanuvchilari uchun yana bir yangilik. Endilikda saytimizda Fotogalereya o'z ish faoliyatini boshladi. Ushbu bo'limdan foydalanuvchilarimiz desktoplar, avatarlar shuningdek maftunkor suratlarni ko'chirib olishlari mumkin.


Biz doim sevgi-muhabbat so’zlarini ishlatamiz. Tabiiyki dunyoda har bir inson sevadi. Lekin siz o’z sevgilingizni fe’l-atvorini qay darajada bilasiz? Ho’sh, aynan shu savolga javob berish uchun, bizning saytimizda “BILASIZMI?” sahifasi ochilgan! Qani endi malumotlarimizni birma-bir o’qib chiqib, qalbingizga yaqin insonning qanday insonlar toifasidan ekanligini bilib oling!


Endilikda siz bizning sayt orqali nafaqat she'rlarni o'qishingiz, balki ularni Ohanglar bo'limi orqali tinglashingiz ham mumkin.


Endilikda saytning She'riyat sahifasida "Qo'shiq matni" bo'limi ochildi. Siz unda hozirgi kunda estrada xonandalari tomonidan kuylanayotgan qo'shiqlarning matni bilan tanishishingiz mumkin.

JET Servis. Хостинг от uCoz