BAHORGA YETGANDA
Tongda oppoq bulut xayolimda,
Qipqizil loladan nishon taqdi.
Yoki dildan kulib hayot uzra,
Oltin ilhom sochib quyosh boqdi.
Ko'k mayin novdalarda qor — parlar,
Inja ruhim-la o'ynashib qoldi.
Inja ruhim-la o'ynashib gullar
Oqshom oydinda uxlashib qoldi.
Uchdikapalaklar va adashdi,
Ma'sum yana gul shoxida, ma'sum,
Ma'sumcha... chamanlar sari oqdi,
Har maysada bir jonli tabassum.
Gul ko'lkasi gulxan kabi qizg'in,
Qizg'in... yana sayraydi dutorlar...
Sayraydi... tubanlarda bahorlar...
Injitmadi ko'nglimni-da bir kun.
Yumshoqqina ko'k parda yopingan
Tog'lar, ana... Rohatgina uxlar.
Cho'pon ila qo'y,— turna qatorlar
Kezmokda uning bag'rida tunlar.