TONG LAVHASI 03/11/2026 20:56 Ufqlarga qo‘yib guldasta, Tog‘ ortidan ko‘tardi-da bosh, Pastga bokdi cho‘qqidan asta Oltin qalam tutgan bir naqqosh. Har nuqtaga sayqal berib u, Vodiy uzra chizdi zar lavha.So‘ng Quyosh deb imzo chekdi-yu, Tongotar deb qo‘ydi sarlavha. Erkin Vohidov 0 1 2 3 4 5 Salohiddin 0 0