Yaproqlar, tinmagan, yashil yaproqlar,
Bokira bahorning oltin satrisiz.
Siz umr daftari, asil yaproklar,
Gulshanni anqitgan mayin atrisiz.
Bedor tabiatning fasli, xislati,
Oltin sahfangizda noyob debocha.
Oshiqlar qo'shig'i, chin muhabbati,
Mazmuni o'qilur kunduz va kecha.
Bir yilning nomasi sizda mujassam,
Sarg'aygan satrlar, umr yo'lingiz.
To'ymayman sizlarga, boqqanda har dam,
Bahor vasfin yozmish mohir qo'lingiz.