INTIZOR O‘LDIM
Nachuk bir kelmading, ey laylivash yor, intizor o'ldim,
Firoqing ichra qolgach bir ajab Majnun shoir o'ldim.
Qiyo bir boqmading holimg'a naylay marhamat aylab,
Qolib hajringda doim telbayu devonavor o'ldim.
Xato aylab vafosizlarga berdim ixtiyorimni,
Ketib aqlu hushim qo'ldan bukun beixtiyor o'ldim.
Vasli yor istab tinmayin ishqida zor yig'lab,
Qarorim qolmadi bir lahza ham, ko'p beqaror o'ldim.
Yugurdim har taraflarga ko'ray deb oy jamolingni,
Xijolatman ko'rolmay, goh yo'qman, goh bor o'ldim.
Jahonga keldimu ko'zni ochib avval seni ko'rdim,
Ayog'inga suray deb yuzni Mushkining g'ubor o'ldim.