NAVRO'Z
Sabzalarga qo'ngan shabnamda
Latofating, ko'rinar aksing.
Mayin hislar kezar tanamda,
Hayotbaxshdir iliq nafasing.
Bo'sa olib g'uncha labidan,
Kapalaklar rashkin oshirdim.
Ko'ngil ishqi va talabidan
Oshiq bulbul ashkin toshirdim.
Seni sevmay bo'lurmi, bahor,
Maftun qilding ohu ko'ziga.
Savdo solding boshimga takror,
Izlagayman tushib iziga.
Shaftolining guli, bo'yiga,
Sarxush qilding oydin kechada.
Jo'shqib oqqan daryo kuyiga
Kuyim qo'shdim, bu dard barchada.
Sahar turib meni uyg'otmish,
Bulbullarning otash g'azali.
Chamanlarning bag'riga tortmish,
Tong yulduzi kulgan mahali.