OTA HURMATI
Ey, aziz farzand, nechog'liq qadrdoningdur otang,
Shafqatu ham marhamatli mehriboningdur otang.
Loyiqi hurmat, itoat ham azizu mo'tabar,
Qiblagohing, xayrixohing, tanda joningdur otang,
Kecha-kunduz tarbiyat aylab kamolingni tilab,
Beg'araz, xolis duogo'y posboningdur otang.
Ko'zda nuring, belda quvvat ham suyanchiq tog' o'lub,
Mavj urib yurgan tomirlar ichra qoningdur otang.
Qil tafakkur, yaxshi o'ylab ko'kdagi yulduz esang,
Bag'riga yulgan sharafli osmoningdur otang.
Yaxshi niyat birla tun-kun fikr-zikringda bo'lib,
Qalbida mehring turarga bir makoningdur otang.
Sol nazar Mushkin chuqur har bir muammolarga ham,
Maslahat bergay hamisha nuktadoningdir otang.