Yel uchar choqda maysalar dengizi
Egilar, raqs etar, kular kabidur.
Kecha kulganda nozli Volga yuzi,
Egilib, jilmayib, go'zal ko'rinur.
Katta ko'prik balanddi,
suv cheksiz Oynadan oq ko'pik ko'rib turamiz.
Vahmalar dilda yo'q, kulib turamiz,
To'lg'onar bir sevinch bilan dilimiz.
Kecha oydin, hayot kulib turadi,
Volga erkin, ipak ro'moli bilan
Buralib, erkalab xayoli bilan
Inja bir she'r bo'lib oqib turadi.